Hamyonbop Galaxy A90 flagmani eng kutilayotgan texnologiyadan mahrum ekan!

  •   DiMaX
  •  2813
  •  01.07.2019 12:00

Hamyonbop Galaxy A90 flagmani eng kutilayotgan texnologiyadan mahrum ekan!

OnLeaks nikli insayder avvalroq Galaxy A90 smartfonining yangi – Galaxy R turkumi doirasida taqdim etilishini aytgandi. Keyin esa ushbu qurilma Snapdragon 855 chipiga va 48 MPlik «uchko‘z» kameraga ega ekanligini ma’lum qilgan.

O‘QING: Galaxy A90 – kamida uchta jihatiga ko‘ra flagmanlardan ham zo‘r 5G-smartfon!

Samsung ushbu hamyonbop flagmanida Snapdragon 855 protsessorini qo‘llashidan tashqari, uning bitta versiyasi 5G tarmoqlarida ishlay olishi ham ma’lum. Shuningdek, unda mazkur turkumning eng g‘ayrioddiy form-faktorli vakili – Galaxy A80 smartfonidagi kabi aylanuvchi kamera qo‘llanishi ham kutilayotgan edi. Ba’zi informatorlar esa uning old kamerasi korpusning yuqori qirrasidan chiqadigan mexanizmga o‘rnatilishini aytishayotgan edi.

Biroq mashhur insayder OnLeaks ushbu ma’lumotlarni rad etdi – Galaxy A90 smartfoni Infinity-U turidagi Super AMOLED-ekran bilan ta’minlanar ekan. Ya’ni, uning old kamerasi displeydagi tomchisimon kemtikka o‘rnatiladi – shunda aylanma kameraga ham, korpusdan chiquvchi mexanizmga ham hojat qolmaydi.

Shuningdek, insayderning yozishicha, 5G-modemli, katalog raqami SM-A908 bo‘lgan Galaxy A90 modeliga Full HD formatli Super AMOLED-displey o‘rnatiladi. Smartfonning boshqa – SM-A905 katalog raqamli versiyasida esa QHD formatli ekran bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

O‘QING: Samsung tanlovida qatnashing – sovrin jamg‘armasi naq 40 000 dollar!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!