Hamyonbop Galaxy J3 (2018) hamda Galaxy J3 Pro 2018 smartfonlari Geekbench’da «qo‘lga tushdi»

  •   DiMaX
  •  10694
  •  03.03.2018 16:41

Hamyonbop Galaxy J3 (2018) hamda Galaxy J3 Pro 2018 smartfonlari Geekbench’da «qo‘lga tushdi»

Janubiy koreyalik gigantning hamyonbop – Galaxy J smartfonlar turkumi yaqinda yana ikkita model hisobiga boyishi kutilayotir. Ular allaqachon Geekbench servisining ma’lumotlar bazasida sinovdan o‘tkazilgan. Eslatib o‘tamiz, kuni kechagina Galaxy J8 (2018) qurilmasi haqida ham xabar chiqqan edi.

O‘QING: Galaxy J8 (2018): hamyonbop smartfonlar bozorida kuchli raqib

Samsung Galaxy J3 (2018) modelining kodli raqami benchmarkda SM-J337A tarzida aks etgan. Gadjet 2 gigabaytlik tezkor xotiraga ega bo‘lib, Android operatsion tizimining 8.0 Oreo talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Unga yakka kristalli Exynos 7570 tizimi o‘rnatilgan; o‘tgan yilgi Galaxy J3 (2017) modeli ham shu protsessorga tayangan edi. Geekbench’dagi yakka yadroli testda u 604, ko‘p yadroli sinovda esa 1661 ball to‘plagan:

Galaxy J3 Pro (2018) modelining katalog raqami esa – SM-J337P bo‘lib, sherigidan faqat protsessori bilan farq qiladi. Ya’ni, ushbu Pro-model joriy yildagi Galaxy A8 (2018) smartfonlariga qo‘yilgan SoC Exynos 7885 protsessori bazasida ishlaydi. Shunga yarasha, uning ko‘rsatkichlari ham yuqori: bu qurilma yakka yadroli sinovda 650, ko‘p yadroli imtihonda esa 1799 ochko to‘play olgan:

Ushbu hamyonbop smartfonlarning taqdimot vaqti hamda narxi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Sirli ro‘yxat: Samsung bu yil taqdim qiladigan smartfonlar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.