«Hamyonbop» Pixel 3a hamda Pixel 3a XL smartfonlari allaqachon Google saytiga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  875
  •  06.04.2019 15:11

«Hamyonbop» Pixel 3a hamda Pixel 3a XL smartfonlari allaqachon Google saytiga chiqdi!

Google kompaniyasi Pixel 3 va 3 XL smartfonlarini taqdim etganidan so‘ng ko‘p o‘tmasdan, ularning nisbatan arzon versiyalarini ham tayyorlayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Biz uning «jonli» suratlari va hatto videolarigacha e’lon qilganmiz.

O‘QING: Google’ning «kambag‘albop» Pixel 3a smartfoni Snapdragon 855 chipli Mi 9 narxida sotiladi!

Bu ikki model Google Pixel 3a hamda Pixel 3a XL nomlanadi va may oyining o‘rtalaridagi Google I/O ko‘rgazmasidan keyin taqdim etiladi. Shunga qaramay, ular allaqachon ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida «ko‘rinish berdi».

Aniqrog‘i, bu ikki qurilma kompaniyaning Google Play Console rasmiy saytida paydo bo‘ldi, bu resurs yordamida turli modellardagi smartfonlarga ilovalarning o‘rnatilishi tekshiriladi. Pixel 3a hamda Pixel 3a XL modellari ushbu saytda Bonito va Sargo kodli nomlari bilan qayd etilgan.

Shunday qilib, Google’ning bu ikki smartfoni ham Qualcomm protsessori bazasida ishlaydi, ammo aynan qaysi chip ekanligi aniq emas. Ikkalasi ham 4 gigabaytlik tezkor xotiraga va NFC modeliga ega bo‘lib, Android 9.0 Pie operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

Google Pixel 3a ekranining tasvir aniqligi 2220x1080 piksellik bo‘lib, bir dyuymda 440 piksel bo‘ladi. Pixel 3a XL modelida esa mazkur ko‘rsatkichlar tegishlicha 2160x1080 va 400 pikselni tashkil etadi.

O‘QING: Google yana uchta mahsulotini o‘z «qabriston»iga jo‘natdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!