Har qanday Android-smartfonni endi Windows 10’ga aylantira olasiz!

  •   DiMaX
  •  1733
  •  14.02.2018 10:04

Har qanday Android-smartfonni endi Windows 10’ga aylantira olasiz!

Microsoft kompaniyasining Windows 10 Mobile operatsion tizimi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan xabaringiz bor. Shu bois ham kompaniya mazkur tizim ixlosmandlariga ham Android’ga o‘tishlarini tavsiya etgan.

O‘QING: Windows 10 Mobile «vafoti»ni Microsoft tan oldi

Lekin Windows 10 Mobile interfeysini yaxshi ko‘rib qolgan uning ishqibozlari Android’ga uncha ko‘nika olmay yurgan bo‘lishlari ham mumkin. Shuni e’tiborga olib, «yashil robotchali» smartfonlar uchun maxsus ilova ishlab chiqishgan. Qizig‘i – bu maxsus launcher Microsoft kompaniyasining emas, balki umuman boshqa, mustaqil dasturchilarning mahsulotidar.

Xullas, Google Play katalogida yaqinda SquareHome 2 nomli ilova paydo bo‘lgan, u qurilmaning interfeysini xuddi Windows 10 Mobile’dagiga o‘xshatib o‘zgartiruvchi launcherdir. Uni o‘rnatib, ishga tushirishingiz bilan o‘z-o‘zidan smartfoningizda hammasi xuddi Windows-smartfondagidek bo‘lib  qoladi. Ammo istasangiz, uning sozlamalarini o‘zgartirishingiz ham mumkin. Masalan, vidjetlardan turli hajm va o‘lchamdagi plitkalar yasasangiz, so‘ng esa ularni jildlarga aylantirsangiz va boshqa ko‘plab ishlarni amalga oshirsangiz bo‘ladi.

O‘QING: Microsoft’ning yangi ilovasi smartfoningiz blokirovka ekraniga qo‘shimcha imkoniyatlar baxsh etadi

Har qanday Android-smartfonni Windows 10’ga aylantiruvchi ilova «jonli» plitkalarni qo‘llab-quvvatlaydi – ular kalendardagi eng dolzarb voqealarni, yangiliklar tasmalarini va boshqalarni aks ettirishi mumkin. SquareHome 2 aslida smartfonga Microsoft’ning «plitkali» operatsion tizimining o‘zini o‘rnatmaydi, albatta, ammo u Windows Phone smartfonlaridagi tashqi ko‘rinish va navigatsiya usullarini saqlab qolgan.

SquareHome 2 dasturini mana bu havola orqali Google Play marketidan mutlaqo bepul ko‘chirib olib o‘rnatish mumkin. Lekin uning yanada boy funksiyalariga ega bo‘lish pullidir – litsenziya kalitini 5 AQSh dollari evaziga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Android uchun antiqa launcher – dasturchilar uslubida!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!