Hatto Apple’ning o‘z xodimlari ham iPhone emas, balki Android-smartfon ishlatishi fosh bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  2267
  •  19.12.2018 14:57

Hatto Apple’ning o‘z xodimlari ham iPhone emas, balki Android-smartfon ishlatishi fosh bo‘ldi!

Ba’zida ayrim Android-smartfon ishlab chiqaruvchilarning reklama roliklari, suratlari iPhone’da olinganligi ma’lum bo‘lib qolib, xijolatga qo‘ygan. Ammo kuni kecha buning aksi kuzatildi – Apple rasmiy akkaunti Android-ilovadan tvit e’lon qilgani aniqlandi!

O‘QING: Microsoft o‘zining Surface Go plansheti reklamasida Apple iPad’ni masxara qildi! (+video)

Xorijda tanilgan bloger Markus Braunli buni kuni kecha tasodifan payqab qolgan. Apple mazkur tvitni shu yilning noyabridayoq e’lon qilgan ekan. Lekin uning Android’ga mo‘ljallangan Twitter ilovasidan chiqarilganiga endigina e’tibor berishdi.

Ko‘rib turganingizdek, Apple Music rasmiy akkauntiga mazkur tvit Android-ilovadan chiqarilgan. Demak, hatto kupertinolik korporatsiyaning ayrim xodimlari ham iPhone emas, balki «yashil robotchali» mobil qurilma ishlatishar ekan.

Darvoqe, Terashop.uz internet-do‘konimizda 2 199 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda jami 37 nomdagi iPhone’dan birini sotib olish, shuningdek, bahosi 599 000 so‘mdan boshlangan, jami 115 xil Android-smartfon orasidan istaganingizni xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Apple endi eng qimmat kompaniya emas. Yangi lider bilan tanishing!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!