Hitman’ning birinchi mavsumini bepul va butunlay olib qo‘yishga shoshiling! (+video)

  •   DiMaX
  •  1195
  •  30.04.2020 16:09

Hitman’ning birinchi mavsumini bepul va butunlay olib qo‘yishga shoshiling! (+video)

Koronavirus pandemiyasi tufayli karantin sharoitida kishilar uylarida qolishlari uchun turli o‘yin studiyalari o‘z mahsulotlarini bepul tarqatishmoqda. Masalan, Total War: Shogun 2 strategik sarguzasht o‘yinni 1 maygacha olsangiz, bir umr bepul o‘ynaysiz!

O‘QING: XXI asrning eng zo‘r o‘yinlaridan birini 5 maygacha olib, bir umr bepul o‘ynash mumkin! (+video)

Bugun – 30 aprel kuni PlayStation do‘konida kutilmagan yangi aksiya boshlandi: Hitman o‘yinining birinchi mavsumini PlayStation 4 pristavkalariga butkul bepul tarqatishyapti!

PlayStation 4 uchun Hitman o‘yinining birinchi mavsumini olmoqchi bo‘lsangiz, mana bu havola orqali tegishli sahifaga o‘tasiz. Eng qizig‘i, IO Interactive bu aksiyani rasman e’lon qilmagan ham, uning qancha muddat davom etishiyam noma’lum. Ya’ni, o‘yinni olib qo‘yishga shoshilmasangiz bo‘lmaydi.

O‘QING: Mobil geymerlar, Facebook tuhfasini qarshi oling!