«Homilador» g‘iloflar: Apple ayfonlar uchun Smart Battery Case – g‘ilof-batareya sota boshladi!

  •   DiMaX
  •  871
  •  16.01.2019 15:25

«Homilador» g‘iloflar: Apple ayfonlar uchun Smart Battery Case – g‘ilof-batareya sota boshladi!

Kupertinolik korporatsiya Smart Battery Case nomli maxsus g‘iloflarning yangi turkumini taqdim etdi. Ular iPhone XR, XS hamda XS Max modellariga mo‘ljallangan bo‘lib, ayfonni quvvatlab turuvchi akkumulyator bilan jihozlangan.

O‘QING: Eshagidan tushovi qimmat: bu smartfon g‘ilofi naq 3012 dollar turadi!

Aytish kerakki, Apple avval iPhone 7 hamda iPhone 6/6s modellari uchun ham shunaqa «ikkiqat» g‘iloflar chiqargan edi. Yangilari 2018 yilgi modellarga mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan farqi – Qi simsiz quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlangan, ular ikki xil: oq va qora ranglarda taqdim etiladi.

O‘QING: Smartfoningiz uchun «himoya yostiqchasi»: bu g‘ilof bilan u yerga tushib ketmaydi! (+video)

Apple bu akkumulyatorlarning tok sig‘imini oshkor etmagan, rasmiy saytida esa ularning quvvati so‘zlashuv rejimida, internetdan foydalanishda hamda video tomosha qilishda qancha vaqtga yetishini ma’lum qilgan:

  • iPhone XR: tegishlicha 39, 22 va 27 soat;
  • iPhone XS: tegishlicha 33, 21 va 25 soat;
  • iPhone XS Max: tegishlicha 37, 20 va 25 soat.

Yangi batareya-g‘iloflarni Apple rasmiy sayti orqali allaqachon sotib olish mumkin, narxi esa 130 AQSh dollariga teng.

O‘QING: Terashop.uz’da iPhone narxlari (2019 yil 16 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab eltib beriladi!