Honor Magic 2 flagmani qanday rekord o‘rnatdi?

  •   DiMaX
  •  2119
  •  08.11.2018 18:03

Honor Magic 2 flagmani qanday rekord o‘rnatdi?

Huawei kompaniyasining subbrendi yaqinda o‘zining Honor Magic 2 flagmanini taqdim etgandi. Xitoylik texnogigantning eng yangi chipi bilan ishlovchi mazkur qurilma slayder form-faktoriga ega.

O‘QING: Huawei’ning Xiaomi Mi Mix 3’ga javobi – 6 kamerali Honor Magic 2 slayderi chiqdi!

Kompaniyaning rasman xabar qilishicha, 6 noyabr sanasida savdoga chiqarilgan Honor Magic 2 smartfonining barchasi shu kunning o‘zidayoq sotib tugatilgan.

Ammo Honor bu ilk partiyada aynan nechta smartfon savdoga chiqqanini aytmagan. Faqat shuni ma’lum qilganki, Honor Magic 2 nafaqat onlayn savdoda, balki Xitoydagi elektronika jihozlari do‘konlarida ham sotilgan. Shuningdek, kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, Honor Magic 2 boshqa 4000 tovari orasida sotilishi bo‘yicha rekord o‘rnatgan.

Kuzatuvchilarning fikricha, mahalliy bozorda bunaqa tezlikda sotiladigan bo‘lsa, xitoylik texnogigantning slayderli flagmani yaqin orada global bozorga chiqarilmasa kerak. O‘zbekistonda esa Huawei’ning ayrim smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konidan onlayn xarid qilish mumkin.

O‘QING: Ilk partiyasi bir daqiqadayoq sotib tugatilgach, Xiaomi Mi Mix 3 keskin qimmatlab ketdi