Huawei 200 millionta smartfon sotadi, lider kim bo‘ladi?

  •   Saroy
  •  833
  •  13.06.2018 14:53

Huawei  200 millionta smartfon sotadi, lider kim bo‘ladi?

Huawei smartfonlar bozorida lider bo‘lish orzusidan kechgani yo‘q. Bu yil  kompaniya jahon bozoriga 200 milliontadan ko‘p qurilma sotishni mo‘ljallamoqda. Kompaniyaning iste’mol biznesi rahbari Richard Yu  ana shu haqda ma’lum qildi.

2017 yilda Huawei 153 millionta smartfonni savdoga chiqargandi, bu esa. kompaniya mahsulotlarining  yillik o‘sishini 10 foizga oshirdi. Endigi reja savdoni yana 30 foizga oshirishni nazarda tutadi. Yana tag‘in, mobil qurilmalari bozori qisqarayotgan bir sharoitda. Bunday sur’atni saqlab turish uchun kompaniyaga ikkita brend  strategiyasi yordam beradi.  Huawei apparati bilan bir qatorda,  kompaniya arzon bo‘lgani uchun Honor modeliga ham talab ortib bormoqda.  Masalan, Honor 10 bu yil eng arzon flagmanlardan biri bo‘ldi.

O‘QING: Huawei MateBook D 14" noutbuki nega AMD Ryzen protsessorini oldi?

Kompaniyaning o‘z prognoziga ko‘ra, 2018 yilda Honor savdosi Xitoydan tashqarida  100 foizdan oshar ekan. Natijada «kichik» brendining xorijiy bozordagi ulushi 25-30 foizni tashkil etadi, bir yil avval ushbu ko‘rsatkich 20 foizni tashkil etgandi.

Bugungi kunda Huawei smartfonlar ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoyning uchunchi yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Agar 2017 yilda 215 million dona iPhone sotilganini hisobga oladigan bo‘lsak, xitoylik gigantning birinchi bo‘lishiga hali ancha bor, lekin Apple bilan o‘rtadagi masofa yildan yilga qisqarib borayotganini ham e’tibordan qochirmaslik kerak.

Smartfonlar bozorida hozircha Samsung karvonboshi hisoblanadi. O‘tgan yili kompaniya sotgan qurilmalar soni 317 milliontadan oshdi.

O‘QING: Honor 10 – texnik imkoniyatlari a’lo, dizayn ham ajoyib

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!