Huawei allaqachon o‘z operatsion tizimini ro‘yxatdan o‘tkazdi: u Hongmeng emas, Ark OS ekan!

  •   DiMaX
  •  1417
  •  28.05.2019 09:45

Huawei allaqachon o‘z operatsion tizimini ro‘yxatdan o‘tkazdi: u Hongmeng emas, Ark OS ekan!

Google va boshqa bir qator yirik kompaniyalar xitoylik texnogigant bilan hamkorlikni to‘xtatishmoqda. Endi Huawei smartfonlari Android yangilanishlaridan va Google servislaridan mahrum bo‘ladi, lekin u o‘zining Hongmeng operatsion tizimini tayyorlayotgani haqida xabar berganmiz.

O‘QING: Bryus Li rasman xabar qildi: Huawei kompaniyasi Android o‘rniga Kirin OS’ni tayyorlayapti!

Huawei kompaniyasi o‘z smartfonlarida Android o‘rniga qo‘llanadigan operatsion tizim tayyorlayotganini rasman tasdiqladi. Garchi u iyunda Hongmeng OS taqdim etilishi haqidagi mish-mishlarni rad etgan bo‘lsa-da, insayderlar bu borada bir-biridan qiziq yangi ma’lumotlarni tarqatishmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, xitoylik kompaniya Yevropa Ittifoqida uchta tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazib ulguribdi. Bular Huawei Ark OS, Huawei Ark, hamda Ark OS brendlaridir.

Shunga qaraganda, Huawei o‘z mobil platformasini Hongmeng emas, balki Ark OS deb nomlamoqchi. Yoki ushbu operatsion tizim Xitoyning o‘zida Hongmeng deb, xalqaro bozorga chiqariladigan variantda esa Ark OS deb atalishi mumkin.

O‘QING: Android’siz qolishi – hali holva: Huawei o‘zining Kirin protsessorlaridan ham mahrum bo‘lishi mumkin!

Huawei tayyorlayotgan operatsion tizim turli-tuman qurilmalarga mo‘ljallangan bo‘lishi kutilmoqda. Ular qatorida mobil telefonlar, planshet va kompyuterlardan tashqari televizor va avtomobillar ham bor. Ushbu platforma Android tizimiga mo‘ljallangan ilovalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Xitoylik texnogigant o‘z operatsion tizimini shu yilning kuzida yoki kelasi yil bahorda taqdim etishi kutilmoqda.

Aytish kerakki, ayrim Huawei smartfonlarini 845 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni bor. Bundan tashqari, shu yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotgan bo‘lishingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi! Bu haqdagi batafsil ma’lumotni mana bu yerda olishingiz mumkin.

O‘QING: Huawei smartfonlari xotiradan ayrilmoqda, lekin kompaniya buning ham chorasini ko‘rib qo‘ygan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!