Huawei eng baquvvat akkumulyatorli flagmanini tayyorladi

  •   DiMaX
  •  1675
  •  09.08.2018 16:15

Huawei eng baquvvat akkumulyatorli flagmanini tayyorladi

Dunyoning uchinchi raqamli smartfonsozi o‘zining Mate 20 Pro flagmanini joriy yilning kuzida namoyish etmoqchi. Ayni kunlarda Huawei uning reklama tasvirini tarqatmoqda.

O‘QING: Huawei P20 Lite: "Malika"dagi bestseller 10 foizga arzonlashdi!

Reklama tasviridan anglashiladiki, Huawei Mate 20 Pro bu kompaniya flagmanlari orasida eng sig‘imdor batareyaga ega model bo‘ladi.

Ko‘rib turganingizdek, P10 Plus smartfoni 3750 mA/soatlik akkumulyator bilan, Mate 10 Pro hamda amaldagi bayroqdor P20 Pro esa 4000 mA/soatlik batareya bilan ta’minlangan. Navbatdagi taqdim etiladigan modelning akkumulyatori esa bulardan ham katta bo‘lishiga ishora qilinmoqda.

Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Huawei Mate 20 modeli 4200 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlanadi. Demak, uning «akasi» – Mate 20 Pro esa bundan ham sig‘imdor batareyaga ega bo‘ladi.

O‘QING: Eng romsiz va «uchta ko‘zli» Mate 20 Pro «jonli» suratda: u Vivo NEX va Mi Mix 3’ni «changida qoldiradi»!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!