Huawei eski smartfonlari egalarini ham HarmonyOS testiga chaqiryapti! (ro‘yxat)

  •   DiMaX
  •  594
  •  10.05.2021 09:37

Huawei eski smartfonlari egalarini ham HarmonyOS testiga chaqiryapti! (ro‘yxat)

Esingizda bo‘lsa, avvalroq biz HarmonyOS 2.0 proshivkasini oluvchi Huawei hamda Honorsmartfonlari, planshet va smart-soatlari ro‘yxatini e’lon qilgan edik. O‘tgan oyda esa HarmonyOS 2.0 proshivkasini olishga tayyor bo‘lgan 19 ta modeldagi gadjetlarning rasmiy ro‘yxati ham chiqqan.

O‘QING: HarmonyOS kutilmaganda Android’dan tezkor va tejamkor chiqib qoldi! (+«jonli» video)

Huawei dasturchilar uchun HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi beta-testining ikkinchi raundini e’lon qildi. Bu gal ro‘yxatga yetti xildagi, shu jumladan, nisbatan eski rusumdagi devayslarda ham proshivkani sinab ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Ularning ro‘yxati esa quyidagicha:

  1. Huawei Nova 6
  2. Huawei Nova 6 5G
  3. Huawei Nova 7 5G
  4. Huawei Nova 7 Pro 5G
  5. Huawei Nova 8
  6. Huawei Nova 8 Pro
  7. Huawei MatePad (10,8 dyuymlik)

Ushbu mobil qurilmalar egalari beta-sinovlarda ishtirok etish uchun 17 mayga qadar ariza berishlari mumkin, lekin buning o‘ziga xosliklari ham bor. Ya’ni, test dasturida joylar cheklangan, talabgorlar orasidan tanlab olishda esa birinchi navbatda o‘z dasturlarini Huawei ilovalar do‘koniga taqdim etgan dasturchilar e’tiborga olinadi.

O‘QING: HarmonyOS 2.0 qanday ishlashini Android bilan «jonli» videoda taqqoslab ko‘ramiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!