Huawei ikkita kamerali va NFC chipli smart-soat taqdim etdi (+video)

  •   DiMaX
  •  3294
  •  01.08.2020 10:21

Huawei ikkita kamerali va NFC chipli smart-soat taqdim etdi (+video)

Xitoylik texnogigant bolalarga mo‘ljallangan yangi – Huawei Children’s Watch 4X rusumli aqlli soatini namoyish qildi. Uning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri – birdaniga ikkita kamera biln ta’minlanganidir.

O‘QING: Galaxy Watch 3’ni ilk bor «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!

Smrtvochning videoqo‘ng‘iroqlarga mo‘ljllangan old kamerasi 5 megapiksellik aniqlikka ega. Ikkinchisi esa 90 darajali burchak ostida joylashgan bo‘lib, 8 megapiksellik datchik hamda F/2,0 diafragmali ob’yektiv bilan ta’minlangan.

Huawei’ning ta’kidlashicha, bosh kamera 4 karralik raqamli zum funksiyasidan tashqari, sun’iy ong bilan ham ta’minlangan; u kadrdagi ob’yektni aniqlabgina qolmasdan, internetdan u haqida ma’lumot izlashga ham qodir! Har ikkala kamerani ham suv ostida ishlatsa bo‘ladi, zero, Children’s Watch 4X korpusi suvdan himoyalangan (5 ATM).

Huawei Children’s Watch 4X to‘rtburchak shakldagi, diagonaliga 1,41 dyuymlik AMOLED-displey bilan jihozlangan va u 320x360 piksellik aniqlikka ega. Kirin protsessori bazasidagi bu qurilmani 1/16 gigabaytlik tezkor/doimiy xotira bilan ta’minlashgan.

O‘QING: Samsung Galaxy Watch 3: to‘qqizta versiyasi, narxi va taqdimot kuni

Bulardan tashqari, yangi smart-soat NFC, Wi-Fi, Bluetooth hamda LTE modullariga ega. Unda geolokatsiyani aniqlash uchun naq beshta tizim (GPS + Beidou + GLONASS + GALILEO + QZSS) amal qiladi; natijada hatto binoning ichida ham joylashuvni o‘ta darajada aniqlikda bilish mumkin.

Children’s Watch 4X smart-soatiga jismoniy faollikni kuzatib borish funksiyasi joriy etilgan. Unga o‘rnatilgan maxsus ilovalar do‘konida esa bolalar uchun katta miqdordagi ta’limiy kontent mavjud.

Aqlli soatning 800 mA/soatlik akkumulyatori tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega: 20 daqiqada u noldan boshlab 50 foizgacha zaryadlanib ulguradi. Barcha funksiyalarini yoqib qo‘yib ishlatgan holatda ham uning quvvati kamida bir kunga bemalol yetadi.

Children’s Watch 4X shuncha afzalliklarga ega bo‘lgani sababli, narxi ham o‘ziga yarasha – 200 AQSh dollariga teng. Xitoyda uni 19 avgustda sotuvga chiqarishadi.

O‘QING: Suvdan himoyali smart-soatni atigi 16 dollardan sotishyapti, lekin u avval yanada arzon edi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!