Huawei “kemtik” bilan kurashishning yangi yo‘lini o‘ylab topdi

Huawei “kemtik” bilan kurashishning yangi yo‘lini o‘ylab topdi

Yaqindagina Xiaomi g‘ayrioddiy ko‘rinishdagi “anti-kemtik”li smartfonni patentlagan edi. Huawei kompaniyasi esa ushbu “muammo”ning yanada qiziqarliroq yechimini o‘ylab topdi. Xitoylik texnogigant dizaynerlari kamerani korpus ichidan chiquvchi mexanizmga yoki ekrandagi kemtikka joylamasdan ham xoshiyalar ingichkaligini saqlab qolish imkoniyatini beruvchi yechimni o‘ylab topishdi.

Yangi patentda noodatiy ko‘rinishda yaratilgan smartfon surati keltirib o‘tilgan. Uning yuqori romlari aylana ko‘rinishida bo‘lib, uning eng keng joyida old kamera, so‘zlashuv dinamigi va datchiklar joylashgan. Qolgan uchta rom esa o‘zaro teng va minimal darajada ingichka. Ushbu yechim selfi-kamerani old panelda saqlab qolgan holda hech qanday kemtiklar va tirqishlardan foydalanmaslik imkonini beradi.

Kompaniya ushbu yangilikni o‘rta sinfdagi smartfonlarida qo‘llaydi. Huddi Samsung kabi Huawei ham oxirgi vaqtlarda yangi texnologiyalarni flagman bo‘lmagan smartfonlarida sinab ko‘rmoqda. Masalan, kompaniyaning birinchi ekrani tirqishli smartfoni nova 4, korpus ichidan chiquvchi kameralik ilk smartfoni esa P Smart Z bo‘lgandi.

Allaqachon bozorga chiqqan ayrim rusumlardagi Huawei telefonlarini esa 860 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Huawei P30 flagmanlari ham Terashop.uz’ga keldi! Shu kompaniya smartfonlarining narxlari bilan tanishing! (2019 yil 2 may)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!