Huawei’ning «dahshatli» smartfoni: uning siri ochildi

  •   Saroy
  •  1814
  •  24.07.2018 15:37

Huawei’ning «dahshatli»  smartfoni: uning siri ochildi

Xitoyning TENAA  telekommunikatsiya uskunalarini sertifikatsiyalash bo‘yicha markazi saytining ma’lumotlar bazasida ishlab chiqaruvchi tomonidan hali rasman taqdim qilinmagan yangi  Huawei Honor Note 10 smartfoni haqida  ma’lumot paydo  bo‘ldi. 

Hujjatida ushbu model RVL-AL09 raqami bilan qayd etilgan, shuningdek uning asosiy jihatlari ham keltirilgan. Honor Note 10 usti metall korpus bilan qoplangan. Qurilma hozirda urf bo‘lgan romsiz, qo‘sh kamayerali va orqa panelida barmoq izlari skaneri bilan chiqarilgan.

O‘QING:Huawei 2018 yilning yarmigacha 100 millionta smartfon sotdi

Smartfon 6,95-dyuymli AMOLED-displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, uning formati 1080 x 2220 piksel, asosiy qo‘sh kamerasi 24+16 Mp, old kamerasi esa 13 Mp. Protsessori Kirin 970, u yoki 6, yoki 8 GB operativ tezlikka ega bo‘ladi hamda ichki xotirasi ham 512 GB. Akkumulyator sig‘imi 4900 mAch.

Qurilmada  ikkita  SIM-kartadan foydalanish mumkin,  4G VoLTE, Wi-Fi (802.11ac), Bluetooth 4.2 LE, GPS, NFC, USB Type-C porti apparat imkoniyati qandayligidan dalolat beradi. Smartfon GPU Turbo grafik tezlashtirgich texnologiyasi bilan ta’minlangan. U o‘ziga xos EMUI 8.2 qobig‘idagi Android 8.1 Oreo tizimida ishlaydi.

O‘QING:Huawei P20 — O‘zbekistondagi kuchli kamerafon

Huawei kompaniyasining Honor bo‘limi rahbari  Chjao Ming (Zhao Ming) barchani yaqin orada “juda dahshatli” mahsulot va texnologiya  chiqarilayotgani, ularning eng birinchisi Honor Note 10 smartfoni bo‘lishi haqda ma’lum qilgandi. U ushbu model haqida gapirar ean, model ustida kompaniya oz emas, ko‘p emas, rosa ikki yil ter to‘kkani haqda qo‘shimcha qilgan.

Shu bois kompaniya Honor Note 10’dan ko‘p narsalarni kutmoqda. Hatto yangi qurilmaning taqdimot sanasi ham ma’lum qilingan.  Tadbir joriy yilning 31 iyulida Xitoyda bo‘lib o‘tadi.

O‘QING:Honor Note 10 maxsus Rolls Royce Design’ga ega bo‘ladi

 

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.