Huawei’ning navbatdagi flagmani Marcel deb ataladi

  •   DiMaX
  •  1365
  •  28.08.2017 13:32

Huawei’ning navbatdagi flagmani Marcel deb ataladi

O‘zining to‘g‘ri chiquvchi prognozlari bilan tanilgan Evan Bless (Evan Blass) Huawei’ning navbatdagi smartfoni kodli nomini ma’lum qildi. Mate 10 qurilmasi kompaniyaning ichida Marcel nomi bilan yuritilishini u Twitter’da yozgan.

Huawei’ning Mate 10 va Mate 10 Pro smartfonlari joriy yilning 16 oktyabrida Germaniyaning Myunxen shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirda taqdim qilinishi kutilmoqda.

Oldin tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Huawei Mate 10’da ilk bor 4D Touch texnologiyasi taqdim etiladi. Ushbu qurilma sifat va narxda iPhone 8 bilan bellasha oladigan bo‘lishi kutilayotir. Kompaniya hatto, bu flagmani yangi iPhone smartfonini «urib qo‘yishi»ga va’da bermoqda.

Shuningdek, garchi Full Active ekranga ega ilk smartfon bo‘lsa-da, Huawei bu flagmanining narxini oshirmaydi.

 Huawei vitse-prezidenti hamda mobil telefonlar yo‘nalishi rahbari bo‘lgan Bryus Li (Bruce Lee) so‘zlariga ko‘ra, Mate 10 gadjeti ilg‘or Kirin 970 chipiga, SuperCharge tezkor quvvatlash texnologiyasiga hamda o‘ta yuqori samaradorlikka ega bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!