Huawei P20 Pro kamerasi uch karrali zumga ega bo‘ladi (+video)

  •   DiMaX
  •  1163
  •  14.03.2018 12:33

Huawei P20 Pro kamerasi uch karrali zumga ega bo‘ladi (+video)

Xitoylik yetakchi smartfonsoz o‘zining Huawei P20 turkumidagi smartfonlarini 27 mart kuni rasman namoyish etishini allaqachon ma’lum qilgan. Ulardan «kichkintoy»i – P20 Lite modeli sal ertaroq – 20 martda taqdim qilinishi esa keyinroq ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: 20 martdayoq taqdim etiladigan Huawei P20 Lite uchun oldindan buyurtma berish boshlandi («jonli» video)

27 martda Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida namoyish etiladigan smartfonlarning eng zo‘ri esa Huawei P20 Pro modeli bo‘ladi. Bu qurilma uchta kamerali ilk telefon bo‘layotgani bilan ham e’tiborga loyiqdir.

Garchi bu qurilmaning turli xususiyatlari haqida ma’lumotlar tarqalgan esa-da, ular rasman tasdiqlangan emas. Ammo Huawei kompaniyasi e’lon qilgan mana bu reklama videoroligiga qaraganda, kameralardan biri teleob’yektivga ega bo‘ladi:

Yana ba’zi mish-mishlarga qaraganda, Huawei ushbu turkumda uchta emas, balki to‘rtta smartfon taqdim etishi ham mumkin.

O‘QING: Huawei P20 turkumidagi to‘rtinchisi eng qimmat smartfon bo‘ladi!

Shu bilan birga, Huawei P20 Pro kamerasi uch karrali zumga ham ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Ma’lumki, bozordagi aksariyat yetakchi smartfonlar kamerasi ikki karrali zumgagina ega.

P20 Pro flagmanining bosh kamerasidagi uchta ob’yektiv qanday qo‘llanishi hozircha aniq emas, lekin taxminlarga ko‘ra, ulardan uchinchisi asosiy ikkitasidan alohida ishlaydi.

Hozircha esa kameraning imkoniyatlari borasida eng zo‘ri janubiy koreyaliklarning yaqinda taqdim etilgan flagmani bo‘lib turibdi.

O‘QING: DxOMark’da yangi rekord: Galaxy S9+ kamerasi iPhone X va Pixel 2’ni «o‘tirg‘izib qo‘ydi»!