Huawei’dan ajralib chiqqan Honor’ning ilk flagmani taqdimotdan keyinoq sotib tugatildi!

  •   DiMaX
  •  1081
  •  22.01.2021 16:56

Huawei’dan ajralib chiqqan Honor’ning ilk flagmani taqdimotdan keyinoq sotib tugatildi!

Honor dastlab Huawei korporatsiyasining subbrendini sifatida tashkil etilgan bo‘lib, xitoylik texnogigant yaqinda uni alohida qilib ajratib chiqargan edi. Ushbu mustaqil kompaniya endi o‘zining Honor V40 (yoki Honor V40 5G) rusumli ilk smartfonini taqdim etdi.

O‘QING: Honor V40 namoyishidan avval «jonli» videolari chiqdi (+narxi)

Honor V40 5G ilg‘or texnik xususiyatlarga va jozibador dizaynga ega. Kompaniya uni shishadan ishlangan korpus hamda diagonaliga 6.72 dyuymlik OLED-displey bilan ta’minlagan. Ekranning tasvir aniqligi FHD+ formatida, unda kadr yangilanishi 120 gerslik bo‘lsa, sensor qatlamining chastotasi 300 gerslik. Displeyga daktiloskop integratsiya qilingan; yuqori chap burchagidagi tirqishga esa selfi uchun 16 MPlik datchik va ToF sensori o‘rnatilgan.

Bu smartfon sakkiz yadroli MediaTek Dimensity 1000+ protsessori bazasida tayyorlanib, 8 gigabaytlik tezkor xotira bilan jihozlangan. Unda o‘yinlar jarayonida grafikani yaxshilash uchun GPU Turbo X hamda Hunter Boost texnologiyalari qo‘llangan. 7 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan chipset jamlanmasiga 5G-modem ham kiritilgan.

Honor V40 akkumulyatorining tok sig‘imi 4200 mA/soatlik; u simli usulda 66 vattlik, simsiz usulda esa 50 vattlik texnologiya bo‘yicha quvvat oladi. Smartfonni ikkita SIM-karta uyachasi, Wi-Fi 802.11ac, GPS/GLONASS hamda Bluetooth 5.0 interfeyslari, NFC va USB-C porti, shuningdek, stereodinamiklar bilan ta’minlashgan.

O‘QING: TOP-10: Narxini eng sekin yo‘qotadigan smartfonlar (2020 yil reytingi)

Flagmanda foto va video suratga olish uchun uch modulli bosh kamera mas’ul. Asosiy datchik 1/1.56 dyuymlik o‘lchamga va 50 megapiksellik aniqlikka ega. Unda qo‘llangan RYYB rang filtri yaxshi yoritilmagan sharoitlarda suratlar sifatini yaxshilab beradi.

Kamera jamlanmasiga yana 8 megapiksellik keng burchakli sensor hamda 2 megapiksellik makroob’yektiv, shuningdek LED-chaqnoq va lazerli avtofokus kirgan. Honor V40 kamerasi tungi s’yomka rejimini, shuningdek AI RAW formatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Honor V40 smartfoni Android 11 operatsion tizim talqini bazasida tayyorlangan Magic UI 4.0 grafik qobig‘i bazasida ishlaydi. Xitoy uchun chiqarilganligi sababli unda Google servislari yo‘q; kompaniya keyinroq uni aprelda Honor View 40 nomli global versiyada chiqaradi va unda Google’ning barcha asosiy servislari o‘rnatilgan bo‘ladi.

Taqdim etilishi bilanoq bu qurilma uchun Xitoyda oldindan buyurtma ochilgan; uning 8/128 gigabaytligi uchun 550 dollar, 8/256 gigabaytligi uchun esa 620 dollarga teng narx belgilangan. Qizig‘i shundaki, savdolar boshlnishi bilan – 3 daqiqayu 46 soniya ichida birinchi prtiya sotib tugatilgan! Honor V40 flagmanining keyingi partiyasi bozorga 26 yanvar kuni chiqariladi.

O‘QING: Hamyonbop Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (AnTuTu reytingi, 2020 yil dekabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!