Ichkaridan nigoh: Galaxy S10+ flagmanini «jonli» videoda ochib, qismlarga ajratib ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  1555
  •  07.03.2019 10:52

Ichkaridan nigoh: Galaxy S10+ flagmanini «jonli» videoda ochib, qismlarga ajratib ko‘rsatishdi!

iFixit kompaniyasi ekspertlari Samsung kompaniyasining eng so‘nggi va ilg‘or flagmanini ochib ko‘rishdi. Smartfonning qismlaridan har birining ko‘rinishi, joylashuvi kabilarni suratga va videoga tushirib, saytga chiqarishdi.

O‘QING: Galaxy S10+ tannarxi aniqlandi: Samsung uni ikki baravardan oshiqqa sotyapti!

Samsung’ning yangi flagmanlari avvalgilariga nisbatan o‘zgacha tuzilishga ekanligini ta’kidlash kerak. Avvalo, ularda barmoq izi skanerining yangicha – ultratovushli turi qo‘llangan. Qolaversa, old kamera «teshik» displey  ostiga joylangan. Aynan «katta» – Galaxy S10+ modelida esa selfi-kamera ikkita datchikdan iborat.

Displeyning pastki qismiga integratsiya qilingan ultratovushli barmoq izi skaneri judayam kichkina bo‘lib chiqdi. Bu – asosiy platadagi chipga mahkamlanuvchi shleyfga ega ixcham modul ekan.

Galaxy S10+ flagmanini ochib ko‘rgan iFixit ekspertlari unga ta’mirga yaroqliligi bo‘yicha 10 balldan 3 ball qo‘yishdi. To‘g‘ri, ular kameralarning, quloqchin tirqishining va dinamikning modulli tuzilmasini ijobiy baholashdi. Biroq USB Type-C porti asosiy plataga payvandlangan, tag‘in smartfonning akkumulyatorini ham almashtirish qiyin.

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Galaxy S10’ni ayovsiz tirnab-bukib sinab ko‘rishdi

iFixit mutaxassislari yana standart Galaxy S10 va «hamyonbop» Galaxy S10e smartfonlarini ham ochib ko‘rishdi. Ular ham, xuddi «katta» flagman kabi, ta’mirga yaroqliligiga ko‘ra 3 ball olishdi.

Shuningdek, saytimizda boshqa ommabop qurilmalarning ham iFixit ekspertlari tomonidan ochib ko‘rilganligi aks ettirilgan videoli bir qator maqolalar e’lon qilingan.

Mana, Galaxy S10+ flagmanini ochib ko‘rish jarayonining to‘liq videosini tomosha qiling:

Aytish kerakki, 8/128 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega Galaxy S10 flagmanini allaqachon Terashop.uz internet-do‘konimizdan 9 825 000 so‘m evaziga sotib olish imkoni mavjud. Shuningdek, hozirda mazkur internet-do‘kondan tovar xarid qilsangiz, «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: Galaxy S10+ avtonomlikda iPhone XS Max’ga yengildi, lekin ikkalasini ham boshqa xitoylikning bulturgi flagmani «yer tishlatdi»!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!