Ideal smartfon: Galaxy M40 yana bir flagmancha xususiyatga ega, ammo narxi...

  •   DiMaX
  •  5901
  •  14.05.2019 09:53

Ideal smartfon: Galaxy M40 yana bir flagmancha xususiyatga ega, ammo narxi...

Samsung kompaniyasi eng arzon Galaxy M turkumida hozircha uchtagina smartfon taqdim etgan: Galaxy M10, M20 hamda M30. Ularning davomchisi bo‘lgan Galaxy M40 esa xususiyatlari va narxiga ko‘ra hatto Galaxy A turkumining ayrim vakillaridan ham yuqori bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Galaxy A smartfonlari taqdimotdan ikki oy o‘tiboq arzonlasha boshladi!

Samsung Galaxy M40 smartfonining anchagina kuchli Snapdragon 675 protsessori bilan, shuningdek, sig‘imdor akkumulyator va katta hajmli xotira bilan ta’minlanayotgani haqida xabar berganmiz. Endi esa insayderlar mazkur modelning yana bir flagmancha xususiyati haqida xabar berishdi. Unga ko‘ra, Galaxy M40 old paneli to‘liq ekranli bo‘lib, selfi-kamera esa undagi tirqishga joylanadi. Ya’ni, bu telefon katta akkumulyator va kuchli protsessordan tashqari Infinity-O displeyga ham ega!

Manbaga ko‘ra, Galaxy M40 bosh kamerasi uch modulli bo‘lishi, u iyunning boshida Hindistonda taqdim etilishi kutilayotir. Tabiiyki, bu qadar texnologiyalarni o‘zida jamlagan ideal smartfon, garchi nomiga ko‘ra hamyonbop turkumga mansub bo‘lsa-da, arzon turmaydi. Insayderlar uning taxminan 350 AQSh dollarga teng narxda chiqishini aytishayotir.

Allaqachon bozorga chiqarilgan turli rusumlardagi Samsung telefonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Galaxy S10+ 5G bilan bellashuvchi Galaxy A70 ham Terashop.uz’ga yetib keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 7 may)