IIV va UZCARD ogohlantiradi: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

  •   DiMaX
  •  1100
  •  27.11.2020 14:59

IIV va UZCARD ogohlantiradi: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Plastik kartalardan foydalanish yanada xavfsiz va texnik jihatdan mukammal jarayonga aylanib bormoqda. Lekin firibgarlar taslim bo‘lmayapti: ular insonlarning ishonchlaridan va kartalarni ishlatishning asosiy qoidalarini bilmasliklaridan foydalanishmoqda, deyiladi Ichki ishlar vazirligi saytidagi xabarda.

O‘QING: «UzCard»ga yangi rahbar tayinlandi

Banklar va qonunni muhofaza qiluvchi organlar muntazam ravishda, pulidan ehtiyotsizlik oqibatida mahrum bo‘lgan fuqarolardan arizalarni qabul qilmoqlar. Firibgarlar qanday usullardan foydalanishlari va ularning tuzog‘iga qanday qilib tushmaslik quyidagicha tushuntirib o‘tilgan:

So‘nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari tez-tez quloqqa chalinmoqda, shu sababli sizlarni ham hushyorlikni oshirishga chaqirib qolamiz.

O‘QING: Deputat plastik kartochkadagi pulni naqdlashtirishdagi 1 foizlik to‘lov masalasini ko‘tardi

O‘zingizni firibgarlardan himoya qilish uchun quyidagi tavsiyalarimizga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz:

  • O‘z kartangiz PIN-kodini begonalarga aytmang;
  • Tekshirish uchun SMS tasdiq kodini hech kimga ko‘rsatmang;
  • Shubhali shaxslarga pul o‘tkazmang;
  • Ijtimoiy tarmoqlarga 16 xonali raqamlari ko‘rinib turgan kartangiz suratini joylashtirmang.

YoDDA TUTING: UzCard yoki banklar karta raqamini, PIN-kodni yoki SMS bo‘yicha tasdiqlashni bilish uchun hech qachon mijozlarga qo‘ng‘iroq qilmaydi.

Firibgarlar turli narsalarni bahona qilib, o‘zlarini bank yoki Uzcard xodimlari bo‘lib tanishtirishlari mumkin. Ularning maqsadi — kartangizdan pullarni yechib olish. Agarda sizga bunday qo‘ng‘iroq kelib tushgan bo‘lsa, e’tibor bermang.

O‘QING: Jiddiy jinoyat: Plastik kartangizdagi pulni bankdagilar ham o‘g‘irlashi mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!