Ikki ming dollarlik smartfon nimasi!? Sony’ning yangi SIMLI quloqchini shuncha turadi-yu...

  •   DiMaX
  •  2065
  •  26.02.2019 14:44

Ikki ming dollarlik smartfon nimasi!? Sony’ning yangi SIMLI quloqchini shuncha turadi-yu...

Samsung va Huawei’larning buklama smartfonlari sizga qimmat tuyulganmidi? Unda naq 2000 dollarga narxlangan, tag‘in simli quloqchinga nima deysiz?

O‘QING: Faqat boylar uchun: Louis Vuitton High Snobiety – naq ming dollarlik quloqchin!

Ha, Sony xuddi shunaqa aksessuar taqdim qildi va uning qimmatligini ham izohladi. Mazkur quloqchin korroziyalarga chidamliligi bilan mashhur bo‘lgan sirkoniy qotishmasidan, tag‘in qo‘lda yasalmoqda. Buning ustiga, unda kumush qoplama hamda tilla kontaktlar qo‘llanganligi ham alohida e’tiborga loyiq.

Ishlab chiqaruvchining da’vo qilishicha, mazkur aksessuar 100 KGs.gacha chastotada tovush yangrata oladi. Holbuki, aksariyat quloqchinlarda bu ko‘rsatkich 20 KGs bilan cheklangan. Ya’ni, Sony quloqchini tovushni o‘ta aniq tafsilotlari bilan, chuqur va tiniq baslari bilan yetkazib bera oladi. Unda impedans 40 Om, sezgirlik esa 103 dB/mVt.ni tashkil etadi.

Kislorod tegmasligi va korroziyaga uchramasligi uchun, barcha mis simlar kumush bilan qoplangan. Uning ustidan esa simni butkul ipak bilan o‘rashgan – ishqalanishlar shovqinidan himoyalash uchun.

Ikki ming dollarlik narxning ichiga ajoyib g‘ilof, 13 juft ambushyur (quloqchin uchidagi yumshoq qismi), bir juftdan standart va moslashtirilgan ulash kabellari, qisqich va tozalash uchun mato parchasi ham kiradi.

Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli quloqchinlarni atigi 59 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Egasini avariyadan saqlovchi Sgnl V70 quloqchini taqdim etildi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!