Ikkita ekranli, bitta quvvatda 30 kungacha ishlay oladigan «aqlli» soat yaratildi!

  •   DiMaX
  •  1544
  •  26.05.2018 10:42

Ikkita ekranli, bitta quvvatda 30 kungacha ishlay oladigan «aqlli» soat yaratildi!

Keyingi yillarda taqiluvchi «aqlli» gadjetlarni turli innovatsiyalarga boy tarzda ishlab chiqarishga zo‘r berilmoqda. Ushbu yo‘nalishda eng ilg‘or kompaniyalar orasida o‘zaro poyga ketayotgani ham bor gap.

O‘QING: Taqiluvchi qurilmalar bozorida yetakchi kim?

Ammo uncha taniqli bo‘lmagan Mobvoi kompaniyasi bu borada raqobatchilarining xayoliga ham kelmagan yurish qildi. Axir, uning yangi – Mobvoi TicWatch Pro smart-soati birdaniga ikkita ekranga ega! Bundan tashqari, akkumulyatorini bitta to‘ldirgandan so‘ng mazkur gadjet bir oygacha quvvatlashsiz ishlay olishini alohida ta’kidlash o‘rinli.

Gap shundaki, Mobvoi TicWatch Pro’ning asosiy – OLED texnologiyasida ishlangan rangli ekrani ustiga yana bitta displey o‘rnatilgan. Bu ikkinchi displey monoxrom – oq-qora bo‘lishdan tashqari, shaffof ham bo‘lib, asosiy ekrandagi ma’lumotni o‘qishga aslo xalaqit bermaydi.

O‘QING: Eng qimmat Apple Watch ham uddalay olmagan ishga qodir Haier Asu smart-soati taqdim etildi

Mobvoi TicWatch Pro smart-soati Wear OS operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi, uning barcha ilovalari asosiy ekranda aks ettiriladi. Agarda egasiga bu tizimning qo‘shimcha – «aqlli» funksiyalari kerak bo‘lmasa, u holda monoxrom displeyning o‘zinigina faollashtirib qo‘yishi mumkin. Unda sana, vaqt, yurak urishlari chastotasi va hokazo ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Gibrid – avtomatik rejimda esa soat mustaqil tarzda har ikkala displeydagi kontentni aks ettiradi. Mobvoi TicWatch Pro akkumulyatorining quvvati bu rejimda ikki kunga yetadi. Faqat oq-qora ekrannigina faollashtiruvchi Essential Mode rejimida esa bir oygacha soatni quvvatlash talab etilmaydi.

Mobvoi TicWatch Pro joriy yilning yozida savdoga chiqarilish aytilmoqda, uning narxi 300 dollardan oshmaydi, deyapti ishlab chiqaruvchi. Shuningdek, bu smart-soatning xususiyatlarini ham u keyinroq batafsil oshkor etmoqchi.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!