Ikkita jangovar o‘yinni bir umr bepul o‘ynash uchun 3 sentyabrgacha olib qo‘yishga ulguring!

  •   DiMaX
  •  3620
  •  28.08.2020 12:03

Ikkita jangovar o‘yinni bir umr bepul o‘ynash uchun 3 sentyabrgacha olib qo‘yishga ulguring!

Epic Games o‘zining onlayn do‘konida ikkita o‘yinni bepul ulashyapti. Bulardan biri mashhur Hitman bo‘lsa, ikkinchisi Shadowrun Collection nomli o‘yinlar to‘plamidir.

O‘QING: Shvarseneggerning yoshligi ijrosidagi Predator: Hunting Grounds jangovar o‘yinini 30 avgustgacha bepul o‘ynang!

Mazkur aksiya doirasida Hitman’ning 2016 yili chiqqan birinchi mavsumi tekinga tarqatilyapti. Geymer unda Agent 47 rolida o‘ynab, butun dunyo bo‘ylab turli missiyalarni bajrishi kerak bo‘ladi. O‘yinda turli rejimlar mavjud.

Hitman aslida pulli o‘yin, lekin uning birinchi mavsumini 3 sentyabrgacha mana bu havola orqali bepul ko‘chirib olish mumkin.

O‘QING: Mashhur strategiya o‘yini iPhone va Android-smartfonlarga chiqyapti: videosi va qo‘llovchi modellar ro‘yxati

Epic Games Store bepul beryotgan ikkinchi sovg‘a Shadowrun Collection bo‘lib, bu aslida Shadowrun nomli o‘yinning uchta qismini o‘z ichiga oluvchi jamlanmadir. Bu o‘yinlardagi voqealar yaqin kelajakdagi xayoliy dunyoda bo‘lib o‘tadi. Unda kibernetika bilan sehr-jodu yonma-yon keladi.

Shadowrun Collection to‘plamiga Shadowrun Returns, Shadowrun Dragonfall — Director's Cut hamda Shadowrun Hong Kong — Extended Edition o‘yinlari kirgan. Ularning barini butkul bepul olib qo‘yish uchun ushbu havola orqali o‘tasiz.

Yodda tuting: har ikkala o‘yinning tekin tarqatilish vaqti 3 sentyabr kuni, kechki soat 20:00 da tugaydi. Lekin shungacha ularni kompyuteringizga yuklab olishga ulgursangiz, keyin istagan paytingiz o‘ynayverishingiz mumkin.

O‘QING: Epic Games Store tekinga tarqatgan o‘yinlarning asl narxini bilasizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!