Ikkita versiyada Samsung Galaxy A52 chiqdi – narx va xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  4367
  •  18.03.2021 12:45

Ikkita versiyada Samsung Galaxy A52 chiqdi – narx va xususiyatlari

Samsung kompaniyasi, kutilganidek, 17 mart kuni Galaxy Unpacked tadbirini o‘tkazdi va uning asosiy qahramonlari Galaxy A52 hamda Galaxy A72 smartfonlari bo‘ladi. «Katta» modeli haqida keyinroq to‘xtalamiz, hozir esa Samsung Galaxy A52 qurilmasiga nazar solamiz.

O‘QING: Yana bir Samsung smartfoni Android 11'ni qabul qilishga tayyor

Samsung ushbu smartfonning beshinch avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llamaydigan, shu paytgacha xabarlarda Galaxy A52 4G deb kelingan versiyasini shunchaki Galaxy A52 nomi bilan taqdim etdi. Ikkinchi versiyasi esa, aniqki, Galaxy A52 5G modeli sifatida namoyish qilindi.

Bu ikki versiya orasidagi asosiy farq, albatta, ularning protsessorlarida: Galaxy A52 modeli Snapdragon 732G chipseti bazasiga qurilgan, 5G-versiyaning «elektron yuragi» esa Snapdragon 750G bo‘lgan. Smartfonning 4G-versiyasida ekranda kadr yangilanish chastotasi 90 gerslik, sherigida esa – 120 gersga teng. Bulardan birinchisi 4, 6 va 8 gigabaytlik tezkor xotirali variantlarda taklif etiladi, ikkinchisida esa – faqat 6 hamda 8 gigabaytlik. Har ikkalasida doimiy xotira 128 yoki 256 gigabaytlik, yana MicroSD-karta uchun ham uyacha mavjud.

Endi umumiy jihatlariga kelsak, Galaxy A52 smartfonlari yassi (chetlari qayrilmagan), o‘lchami 6,5 dyuymlik Super AMOLED displeyga ega. Ekranda tasvir aniqligi 1080p+ formatida, maksimal yorqinlik esa 800 nit. Displey yuzasiga Gorilla Glass 5 himoya shishasi qoplangan va smartfonning korpusi ham IP67 standartida muhofazaga ega.

O‘QING: EKSKLYuZIV: Hali taqdim etilmagan Galaxy A52 5G smartfonini anboksing videosida to‘liq tomosha qiling!

Galaxy A52 vazni 189 gramm keladi, Samsung’ning da’vo qilishicha, 4500 mA/soatlik akkumulyatorining to‘la quvvati bilan u ikki kungacha ishlay oladi. Smartfonning o‘zi 25 vattgacha tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi va bunda batareyaning noldan boshlab ellik foizgacha to‘lishi uchun yarim soat kifoya qiladi. Biroq qurilmaning qadog‘iga faqat 15 vattlik zaryadlagich solingan.

Bosh kameraning 64 megapiksellik asosiy datchigi F/1,8 diafragmali ob’yektiv bilan taqdim etilgan. U tasvirni optik barqarorlashtirish (OIS) tizimiga hamda Tetra-binning texnologiyasiga ega. Ya’ni, o‘lchami 0,8 mkm bo‘lgan to‘rtta qo‘shni piksel standart holatda bittaga birlashadi va bunda kamera 16 megapiksellik aniqlikda suratga oladi. Xohishga ko‘ra uni 64 MPlik qilib ishlatish mumkin.

Kamerada tungi rejim birdaniga 12 ta kadr oladi va ularni bitta yorqin suratga birlashtiradi, bunda optik stabilizatsiya ham ishlaydi. Asosiy kamera soniyasiga 30 kadr chastotasida 4K-video yozib olishga qodir. Kvadrokameraning ikkinchi – 12 MPlik sensori F/2,2 diafragmali ob’yektivga ega. Yana har biri 5 megapiksellik aniqlikdagi makrokamera hamda sahna chuqurligi datchigi o‘rnatilgan.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Galaxy A72 4G anboksing videosi, narx va jihatlari bilan batafsil tanishing!

Galaxy A52 eng yangi – Android 11 operatsion tizim talqini ustiga qurilgan One UI 3.1 grafik qobig‘i bilan taqdim etilgan. Uning ekranidagi tuynukka joylashtirilgan 32 megapiksellik selfi-kamerasini qiyofani tanib smartfonni qulfdan chiqarish uchun qo‘llash mumkin. Barmoq izi skaneri ham displeyning o‘ziga integratsiya qilingan. Telefon korpusida NFC moduli, 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi hamda Dolby Atmos tizimini qo‘llovchi stereodinamiklar ham bor.

Samsung mazkur mahsulotlarini qora, oq, binafsha rang va ko‘k korpuslarda sotuvga chiqaryapti. Galaxy A52 modelining narxi 350 yevrodan, 5G-versiyasiniki esa – 430 yevrodan boshlanadi.

O‘QING: Rossiyada allaqachon Galaxy A52 hamda Galaxy A72’ga buyurtma berish mumkin – aniq narxlar!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!