Ilg‘or MIUI 10’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfon va planshetlari ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  3494
  •  24.05.2018 08:10

Ilg‘or MIUI 10’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfon va planshetlari ro‘yxati

Ilg‘or MIUI 10’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfon va planshetlari ro‘yxati

Xiaomi korporatsiyasi o‘zining mobil aloqa qurilmalari uchun Android operatsion tizimining MIUI 10 grafik qobig‘ini namoyish qilishiga sanoqli kunlar qoldi. Unda «xitoycha ayfon»lar sohiblari uchun bir qator yangi imkoniyatlar taqdim etiladi.

O‘QING: Xiaomi o‘z smartfonlari uchun MIUI 10 talqinining taqdimot sanasini aytdi

Yaqinda ishonchli manbalarning xabar qilishlaricha, Xiaomi o‘zining so‘nggi to‘rt yilda taqdim etilgan smartfon va planshetlari uchun MIUI 10 proshivkasini tarqatadi. Unda interfeysi soddalashtirilishi, tashqi ko‘rinish yaxshilanishi kutilayotir. Yangi talqindagi proshivkalar qurilmalarning ishlash tezkorligini ham oshirishi ko‘zda tutilgan.

Bulardan tashqari, MIUI 10 talqini to‘ldirilgan borliq texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ladi. Xiaomi kompaniyasining yangi modellardagi ayrim smartfonlariga «sun’iy ong» tizimi joriy etilayotganini hisobga olsak, korporatsiya yangi operatsion tizim grafik qobig‘ida buni ham nazarda tutishi aniq.

Aytish kerakki, internetga allaqachon MIUI 10 tizimida ishlayotgan smartfonning «jonli» video va suratlari ham chiqib ulgurgan.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari uchun qoyilmaqom MIUI 10 deyarli tayyor! («jonli» video)

Insayderlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, MIUI 10 talqinidagi proshivkani qabul qiluvchi Xiaomi smartfonlari va planshetlari orasida hozircha rasman taqdim etilmagan modellar ham mavjud. Ularning to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

  1. Mi Mix 2
  2. Mi Mix
  3. Mi Mix 2S
  4. Mi 7
  5. Mi 6X
  6. Mi 6
  7. Mi 5S Plus
  8. Mi 5S
  9. Mi 5
  10. Mi 5X
  11. Mi 4S
  12. Mi 4C
  13. Mi 4
  14. Mi 3
  15. Mi Note 3
  16. Mi Note 2
  17. Mi Max 2
  18. Mi Max Prime
  19. Mi Max
  20. Redmi Note 5A
  21. Redmi Note 4X
  22. Redmi Note 4
  23. Redmi Note 3
  24. Redmi Note 3 Pro/Prime
  25. Redmi Note 2
  26. Redmi Note 4G Prime
  27. Redmi 5
  28. Redmi 5 Plus
  29. Redmi 5A
  30. Redmi Y1
  31. Redmi Y1 Lite
  32. Redmi 4
  33. Redmi 4X
  34. Redmi 4 Prime
  35. Redmi 4
  36. Redmi 4A
  37. Redmi Pro
  38. Redmi 3S Prime
  39. Redmi 3S
  40. Redmi 3
  41. Redmi 3X
  42. Mi Pad
  43. Mi Pad 2
  44. Mi Pad 3

Ta’kidlash kerakki, ushbu Xiaomi smartfonlarining modeliga bog‘liq holda, ular uchun taqdim etiluvchi MIUI 10 proshivkalari turli talqindagi Android operatsion tizimlariga asoslangan bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda, har bir modeldagi smartfon uchun taqdim etiladigan MIUI 10 imkoniyatlari va funksiyalari ham uning «o‘zagi»ni tashkil etuvchi Android talqiniga bog‘liq bo‘ladi.

MIUI 10 taqdimoti Xitoyning Shenchjen shahrida tashkillashtiriladigan matbuot anjumani doirasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirda Xiaomi yana birato‘la ikkita – Mi 7 va Mi 8 rusumli flagman smartfonlarini, shuningdek, Mi Band 3 smart-bilaguzugini ham namoyish etmoqchi.

O‘QING: Xiaomi biryo‘la ikkita – Mi 7 hamda Mi 8 flagmanlarini tayyorlabdi, ularning old panelini «jonli» tomosha qilamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.