Ilk o‘yinbop smartfon kutilmaganda naq 300 dollarga arzonlashdi!

  •   DiMaX
  •  2252
  •  08.09.2018 12:06

Ilk o‘yinbop smartfon kutilmaganda naq 300 dollarga arzonlashdi!

Aynan mobil o‘yinlarga moslangan baquvvat smartfonni bundan bir yilcha avval Razer kompaniyasi taqdim etgandi. Razer Phone deb atalgan ushbu qurilmadan so‘ng boshqa ayrim smartfonsozlar ham geymerofon tayyorlashga kirishib ketishgan.

O‘QING: Razer Phone: geymerlar smartfonining barcha xususiyatlari taqdimotdan bir kun avval fosh bo‘ldi

Ayni damda o‘yinbop smartfonlar sifatida Razer Phone’dan tashqari Xiaomi Black Shark, Nubia Red Magic va ASUS ROG Phone kabilar bozorga taqdim etilgan. Shuningdek, Samsung ham geymerlar uchun smartfon chiqarmoqchi va bu Galaxy X modeli bo‘lishi ham mumkin.

Razer Phone narxi ham xususiyatlariga yarasha – unga 699 dollari miqdorida qiymat belgilangan. Ammo ishlab chiqaruvchi kutilmaganda himmat ko‘rsatib, mazkur smartfon narxini naq 300 dollarga arzonlatdi!

Bu taklif faqat Razer kompaniyasining rasmiy saytida amal qiladi va mazkur chegirmadan foydalanish uchun WOOHOO kuponi kerak bo‘ladi. Shundagina 699 dollarlik Razer Phone’ni 399 dollarga olish mumkin.

Bu saxovatning sababi bor – ishlab chiqaruvchi allaqachon Razer Phone 2 modelini tayyorlagan va uni yaqin orada taqdim etmoqchi. Snapdragon 845 protsessori va 512 GB doimiy xotiraga ega ushbu smartfon haqidagi ma’lumotlarni esa mana bu yerdagi maqolamizda o‘qing.

O‘QING: O‘yin smartfonlarining kelajagi porloqmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!