Ilon Mask bir kunda $7 milliardga boyidi – u yana eng badavlat kishiga aylanishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  767
  •  01.05.2021 15:21

Ilon Mask bir kunda $7 milliardga boyidi – u yana eng badavlat kishiga aylanishi mumkin!

Esingizda bo‘lsa, SpaceX, Tesla, Neuralink va boshqa bir nechta kompaniyalar asoschisi Ilon Mask shu yilning 7 yanvar kuni sayyoradagi eng badavlat kishiga aylangan edi. Biroq 17 fevralga kelib «zo‘rdan zo‘r chiqqan» – 2017 yildan beri reyting yetakchisi bo‘lib kelgan tadbirkor yana o‘z o‘rniga chiqib olgan.

O‘QING: Ilon Mask uch kunda qariyb 29 milliard dollaridan ayrildi

Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi bir sutka mobaynida Mask sarmoyasi 7 milliard dollardan oshiq miqdorga ko‘paygan. Hozirda u 182 milliard dollar bilan eng boylar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turibdi. Birinchi pog‘onani esa Amazon hamda Blue Origin kompaniyalari muassisi Jeff Bezos band etgan – uning mol-dunyosi 202 milliard dollarga baholanmoqda.

Hozir jahondagi eng badavlat kishilar o‘nligi quyidagicha:

Aytish kerakki, bundan bir oy avval Maskning boyligi taxminan 151 mlrd dollar, Bezos sarmoyasi esa 177 mlrd dollarga baholangan edi. O‘shanda ularning boyligi orasidagi farq 26 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 20 mlrd dollarga pasaygan. Agar shu tarzda davom etsa, Tesla rahbari yaqin orada sayyoradagi eng boy kishiga aylanishi ham mumkin.

O‘QING: Ilon Mask: «Marsga uchadigan ilk fazogirlar halok bo‘lishadi» (video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!