Ilon Mask jahonning eng boylari reytingida Bill Geytsdan ham o‘zib, ikkinchi o‘ringa chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1737
  •  24.11.2020 14:05

Ilon Mask jahonning eng boylari reytingida Bill Geytsdan ham o‘zib, ikkinchi o‘ringa chiqdi!

SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari o‘tgan hafta dunyoning eng badavlat kishilari ro‘yxatida kuchli uchlikka kirgan edi. Ilon Mask sarmoyasi o‘sishda davom etmoqda – u allaqachon ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi!

O‘QING: Ishonish qiyin: Tesla bir soatda 40 mlrd dollarga qimmatlashdi!

Ilon Mask ushbu reytingda endi Microsoft asoschisi Bill Geyts’ni quvib o‘tdi. Bloomberg Billionaires Index (BBI) ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Maskning boyligi 127,9 milliard dollarga ko‘paygan, yil davomida u 100,3 milliard dollar ishlab topgan.

Bill Geyts bu safar 127,7 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

 Amazon korporatsiyasi rahbari Jeff Bezos milliaderlar yetakchisi bo‘lib qolmoqda, uning boyligi 182 milliard dollarga baholanmoqda.

Shuningdek, kuchli beshlikdan Bernar Arno va Mark Sukerberg o‘rin egalladilar.

O‘QING: Mask hazili chinga aylandi: Tesla kutilmaganda spirtli ichimlik – tekila sotyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!