Ilon Mask ruhiy kasallikka chalinganligini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1591
  •  10.05.2021 08:40

Ilon Mask ruhiy kasallikka chalinganligini e’lon qildi

SpaceX, Tesla, Neuralink va boshqa bir nechta kompaniyalar asoschisi Ilon Mask o‘zining Asperger sindromiga chalinganligini e’lon qildi. Bu haqda u NBC telekanali orqali namoyish etilgan Saturday Night Live teledasturida aytib o‘tgan, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: Ilon Mask hali chiqmagan Tesla Cybertruck salonini ilk bor ko‘rsatdi: ekran, shturval...

Ko‘rsatuvning 8 may sonida Mask boshlovchilik qildi. Ko‘rsatuvdan olingan parcha Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi dastur sahifasida e’lon qilingan.

«Men aslida tarixda birinchi bo‘lib Aspergerni qabul qilish sharafiga muyassar bo‘lgan shaxsman. Shu bilan bir qatorda buni tan olgan birinchi kishi», – dedi tadbirkor o‘zining nutqida.

Avvalroq Mask o‘zini Saturday Night Live – AQShdagi mashhur kechki musiqiy va kulgili shou boshlovchisi rolida sinab ko‘rishi haqida xabar berilgan edi.

Asperger sindromi – bu autizm spektrining buzilishlaridan biri bo‘lib, jamiyatdagi mavjudlik va ruhiy rivojlanishning buzilishi bilan tavsiflanadi. Shunga o‘xshash tashxis taniqli shved ekologik faoli Greta Tunbergga ham qo‘yilgan.

O‘QING: Boylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!