Imtiyozli kredit olishingiz uchun maxsus sayt ishga tushdi!

  •   DiMaX
  •  4908
  •  02.04.2021 13:00

Imtiyozli kredit olishingiz uchun maxsus sayt ishga tushdi!

Shu yilning 27 mart kuni «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ-5041-son) qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, 2021 yil 1 apreldan aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining kredit olish uchun arizalari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali qabul qilinishi belgilangan.

O‘QING: Endi elektron hukumat xizmatlari telefoningizda! (+video)

Xabar.uz nashrining yozishicha, ushbu yagona elektron platforma – oilakredit.uz sayti tushirildi. Ayni paytda sayt test rejimida ishlamoqda.

Imtiyozli kredit olish uchun 2021 yil 1 apreldan mazkur platforma orqali arizalarni qabul qilish boshlangan.

O‘QING: Avtojarimalar to‘g‘risida ma’lumotni endi onlayn tarzda – oson va bepul oling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!