«Inqilob» amalga oshmadi: Samsung barcha Galaxy Fold’larini qaytarib olyapti!

  •   DiMaX
  •  2202
  •  24.04.2019 10:54

«Inqilob» amalga oshmadi: Samsung barcha Galaxy Fold’larini qaytarib olyapti!

Samsung kompaniyasi marketing maqsadida o‘zining inqilobiy gadjeti – Galaxy Fold buklama smartfonining bir nechtasini tavsif qilish uchun jurnalistlarga tarqatgandi. Ammo ularning displeyidagi nosozlik tufayli reklama kampaniyasi aks ta’sir ko‘rsatdi.

O‘QING: Samsung noiloj Galaxy Fold muammolarini rasman tan olib, uzr so‘radi

Maanbalarga ko‘ra, janubiy koreyalik texnogigant endi o‘sha Galaxy Fold’larning barchasini qaytarib olishga kirishgan. Shu bilan birga, ushbu modelning AQShdagi savdosi to‘xtatilgan, Xitoyda sotuvga chiqarilishi kechiktirilgan.

Galaxy Fold smartfonlarining eng muhim joyi – ekranida muammo chiqqan: ayrimlarida displeyning ba’zi joylari bo‘rtib qolgan, boshqalarda esa uning sensori teginishlarni to‘g‘ri qabul qilmagan... Ba’zi jurnalistlar esa, bilmasdan ekranning ustki qatlamini olib tashlashgan – ular buni shunchaki sotuvdan avval displey yuzasini himoyalash uchun qo‘yilgan plyonka deb o‘ylashgan.

Samsung’ning anonim qolishni istagan bir xodimi so‘zlariga ko‘ra, bu muammolar hali Galaxy Fold sotuvga chiqishidan avval ham kuzatila boshlagan ekan.

O‘QING: Android 9’gacha yangilangan Samsung flagman smartfonlarida yana bir muammo chiqdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!