Internet-firibgarlar «oshiq» o‘smirlarni «ilintira» boshlashdi

  •   DiMaX
  •  1261
  •  28.05.2019 17:44

Internet-firibgarlar «oshiq» o‘smirlarni «ilintira» boshlashdi

O‘smirlik paytlarida kishi qiziquvchan, qiziqqon bo‘ladi, har xil yangi tuyg‘ularni his etadi... Firibgarlar esa bundan uddaburonlik bilan foydalana olishadi.

O‘QING: Telegram’dagi shubhali kanallarga «firibgarlik» yorlig‘i qo‘yila boshladi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning kanali ham bor!

Internet-firibgarlar ijtimoiy tarmoqlarda tanishishga qiziquvchan o‘smirlarni «nishonga olish»ga o‘tishgan, deb yozadi «Izvestiya» nashri. Ular qiz bola nomidan ochilgan profilda o‘smir bolalar bilan tanishib, virtual do‘stlashib, yaqin bo‘lib olishadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tib, «o‘lja»ning telefon raqami hisobidan hamda bank kartochkasidan mablag‘lar yo‘qola boshlaydi.

Jumladan, Rossiyadagi bir bank xodimining 14 yashar o‘g‘li firibgarlar nishoniga aylangan. Ijtimoiy tarmoqda u bilan qiz profilida muloqot qilgan firibgarlar yigitchaning MTS raqami hisobidan shu operatorning boshqa raqami hisobiga pul ko‘chirishgan. Keyin esa uning hisobiga avtoto‘lovni faollashtirishgan, ya’ni telefon raqamining puli tugayotganida plastik kartasidan avtomatik tarzda unga pul tushaveradi. Bu pullarni esa firibgarlar boshqa raqamning hisobiga o‘tkazaverishgan. Shu tariqa uning bir yarim ming rubl pulini o‘marishgan.

Yana bir o‘n yetti yashar yigitcha ham tarmoqdagi «qiz»ning «qarmog‘iga ilingan». Hisobidagi pulni kam-kamdan olishgani uchun u avvaliga nima bo‘layotganini bilmagan ham. Oxir-oqibatda esa naq yetti ming rubldan ayrilgan.

O‘QING: Ilk bor internet orqali uyni o‘g‘irlashdi – elektron raqamli imzo yordamida!

Yuqorida keltirilgan misollarda Alfa-bank kartasi orqali ish qilingan ekan. Mazkur tashkilot vakillarining aniqlik kiritishlaricha, shunga o‘xshash holatlar ko‘p uchramoqda. Ularning sxemasi ham o‘zaro o‘xshash: firibgarlar qiz bola profilidan kirib, o‘smir bolalar bilan tanishishadi.

Muloqotlarda birmuncha yaqin bo‘lib olgach, ma’lum bir muddatdan keyin «qiz» unga bir iltimos bilan murojaat etadi. Masalan, biror o‘yin resursida ro‘yxatdan o‘tmoqchi ekanini, ammo o‘z telefoni buzilib qolganini aytadi va boladan telefon raqamini hamda unga SMS-xabarda keladigan kodni yozib yuborishini so‘raydi. Bularni qo‘lga kiritgach, firibgarlar pul o‘tkazmalari servisidagi o‘sha bolaning shaxsiy kabinetiga kirishadi va uning hisobidagi pullarni o‘z hisoblariga o‘tkazib olishadi. Agarda «o‘lja»ning telefon raqamida avtoto‘lov funksiyasi yoqilgan bo‘lsa, unga bog‘langan plastik kartadan yana hisob avtomatik tarzda to‘ldirib qo‘yiladi.

Shu tariqa, firibgarlar qiziquvchan o‘smirlarning qizlar bilan tanishishga bo‘lgan qiziqishidan «samarali» foydalanishmoqda.

O‘QING: Jiddiy jinoyat: Plastik kartangizdagi pulni bankdagilar ham o‘g‘irlashi mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!