Internet-to‘plamlarni 30 iyungacha ikki baravar arzonga oling!

  •   DiMaX
  •  1288
  •  18.06.2020 12:55

Internet-to‘plamlarni 30 iyungacha ikki baravar arzonga oling!

Mobiuz (sobiq Universal Mobile SystemsUMS) uyali aloqa operatori yana internet-to‘plamlarga chegirma e’lon qildi. Kompaniya rasmiy saytidagi xabarga ko‘ra, ushbu narxlar 30 iyun sanasigacha amal qiladi.

O‘QING: UzMobile va mobiuz'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tarif rejalari bilan tanishing

Mobiuz abonentlari 2020 yilning 17 iyun sanasidan 30 iyun sanasigacha 2000 va 3000 megabaytlik to‘plamlarni 30 kunga 50% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin. Ya’ni, 16 500 so‘m evaziga 2000 MB va 22 500 so‘m evaziga 3000 MB hajmli internet-to‘plam olish imkoni mavjud.

2000 MBlik to‘plam xarid qilish uchun *102*0002# tering;

3000 MBlik to‘plam xarid qilish uchun *102*0003# tering.

To‘plamlar soni cheklanmagan, ular faqat jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladi.

O‘QING: Mobiuz chiroyli raqamlarni arzonlashtirdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!