iOS 12 beta 6 chiqdi – o‘zgarishlar bilan tanishing va sinab ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  1063
  •  08.08.2018 15:15

iOS 12 beta 6 chiqdi – o‘zgarishlar bilan tanishing va sinab ko‘ring!

Apple korporatsiyasi mobil qurilmalari uchun iOS 12 operatsion tizim talqinining sinov jarayonlari ham yakuniga yetay deb qolgan. Kuni kecha kompaniya sinovchilar uchun bu tizimining oltinchi beta-versiyasini taqdim etdi.

O‘QING: iOS 12'da yana bir qiziq funksiya paydo bo‘ldi

iPhone, iPad hamda iPod touch’lar uchun taqdim etilgan iOS 12 beta 6 talqinida quyidagi o‘zgarishlar mavjud:

  1. Oldingi iOS 12 beta-versiyalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgan.
  2. Tizimning, xususan, chet ilovalar bilan ishlashidagi optimizatsiya va barqarorlik yaxshilangan.
  3. Ish tezligi anchagina oshgan. Barcha ilovalar bir zumdayoq ochiladi.

  1. «Kamera» ilovasidagi yangi – «Galereya» tugmachasi mediatekaga tezda o‘tish imkonini beradi.

O‘QING: Apple: "iOS 12'ga yangilanadigan smartfon va planshetlar"

  1. Blokirovka ekranidagi yoyiq bildirishnomani yopish uchun yangi tugmacha joriy etilgan.

  1. Bluetooth orqali musiqa ijro etishda yangi belgicha joriy qilingan.

  1. «Xaritalar» ilovasidagi shriftlar nisbatan qalinlashtirilgan.

  1. «Soat» ilovasining belgichasidagi soat millari nisbatan yo‘g‘onlashtirilgan.

Mazkur talqinni o‘z qurilmangizga o‘rnatib, beta-sinovchilar qatorida uni ishlatib ko‘rish yo‘li esa quyidagi maqolamizda bayon etilgan:

O‘QING: Apple barcha xohlovchilar uchun iOS 12’ni taqdim etdi – uni hoziroq o‘rnatish mumkin!