iPad Pro 2018: oxirgi varianti ko‘rsatildi

  •   Saroy
  •  586
  •  23.10.2018 15:10

iPad Pro 2018: oxirgi varianti ko‘rsatildi

Apple o‘zining yangi «professional» planshetini kelasi hafta, ya’ni 30 oktyabrda  namoyish qilishi kerak.

Vengriyalik sanoat dizayneri Viktor Kadar qurilmaning zavod chizmasi asosida bajarilgan oxirgi renderini omma e’tiboriga havola etdi. iPad Pro modellar qatori endi 12,9 va 11 dyuymlilaridan iborat bo‘ladi.

O‘QING: iOS 12.1 «sotib qo‘ydi»: Face ID funksiyali iPad Pro shu kuzda chiqadi

Renderda “ozib ketgan” iPad’ning yupqa romini ko‘ramiz. U ham Face ID tizimiga ega bo‘ladi. Ushbu tizim yordamida qurilmani qulfdan yechish mumkin. Endi Home tugmasi bo‘lmaydi. Planshetda ekrandagi qirqma hamda quloqchin uchun port ham bo‘lmaydi. Lightning porti esa  USB-C bilan almashtiriladi. Kompaniya shuningdek, yangi Apple Pencil’ni ham chiqarishni rejalashtirmoqda. Chunki eskisi  iPad’ga  Lightning orqali qo‘shilardi.

O‘QING: Yangi iPad Pro: audiotirqish va «Home»siz, lekin ajoyib texnologiyaga ega!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!