iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 mustahkamligini tasodifan... kir yuvish mashinasida sinab ko‘rishdi!

  •   DiMaX
  •  1823
  •  29.01.2021 17:37

iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 mustahkamligini tasodifan... kir yuvish mashinasida sinab ko‘rishdi!

Odatda yangi chiqqan flagmanlarni blogerlar har tomonlama sinab ko‘rishar va videosini e’lon qilishar edi. Jumladan, taniqli texnobloger – Zak Nelson kuni kecha Galaxy S21 Ultra smartfonini ayovsiz qiynab ko‘rgani videosini chiqargandik.

O‘QING: Telefon ekranidagi chiziqlardan qutulishning eng oson yo‘llari

Xitoyda bo‘lib o‘tgan biroz noxush voqea esa iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 flagmanlarining korpusi qanchalik mustahkamligi va suv o‘tkazmasligiga aniqlik kiritdi. Gap shundaki, uy bekasi bilmasdan shu ikki modeldagi smartfonlarni kiyimlar bilan qo‘shib kir yuvish mashinasiga solib yuborgan!

Qizning so‘zlariga ko‘ra, kiyimlarni yuvishga qo‘ygach, biroz telefon titkilamoqchi bo‘lib qaragan va gadjetlarini topa olmagan. Shunda mashinadan chiqayotgan ovozga e’tibor bergan va qarasa – uning ichida kiyim-kechaklari bilan ikkita smartfoni ham aylanib yotibdi!

O‘QING: Smartfon suvga tushib ketdi. Endi nima qilamiz?

U darhol smartfonlarni olgan va ularni o‘chirib, quritish uchun guruchli idishga tiqib qo‘ygan. Bir sutkadan so‘ng olib qarasa – har ikkalasi binoyidek ishlayapti, faqat...

Kir yuvish mashinasida «ishlov berilgani»da, iPhone 12 ekrani ustidagi himoya shishasi biroz darz ketibdi. Buni qarangki, Huawei Mate 40 flagmaniga biror shikast yetmabdi – tasodifiy testda uni g‘olib, deb e’lon qilish mumkin!

O‘QING: Harorat telefonga qanday ta’sir qiladi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!