iPhone 12'lar taqdiri yana so‘roq ostida qolmoqda

iPhone 12'lar taqdiri yana so‘roq ostida qolmoqda

Bloomberg axborot agentligi Broadcom kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Xok Tan bilan kompaniya daromadlari haqida telefon orqali suhbatlashdi.

Qo‘ng‘iroq davomida janob Tan kompaniyaning «Shimoliy Amerikadagi mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi katta» mijozi «mahsulotlar sikli sezirlarli darajadagi kechikish»ga uchrashi haqida aytib o‘tganligi xabar qilinmoqda.

Janob Tan kompaniya nomini aniq aytmagan bo‘lsa ham, gap Apple haqidaligini tushunmaslikning iloji yo‘q.

Broadcom iPhone'larga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi asosiy ta’minotchi bo‘lib, joriy yilning yanvar oyida Apple'dan 15 milliard dollarlik buyurtma qabul qilib olgandi. iPhone 11 modellarining Bluetooth va Wi-Fi apparat ta’minoti aynan Broadcom tomonidan ishlab chiqariladi. Moor Insights tahlilchilaridan birining aytishicha, kompaniya kelajakdagi iPhone'lar uchun LTE va 5G aloqa komponentlarini ham yetkazib berishi mumkin.

Qo‘ng‘iroq davomida, shuningdek, daromadlarning har yili uchinchi chorakka kelib o‘sish holati bu yil to‘rtinchi chorakda kuzatilishi aytilgan va investorlar ogohlantirilgan.

Oxirgi bir necha yillardan buyon, Apple o‘zining yangi iPhone'lari taqdimotini ham, sotuvlar boshlanishini ham (ba’zi istisno hollari bilan, masalan, iPhone XR savdolarini) sentyabr oyida amalga oshirib kelmoqda edi. Ammo bu yil pandemiya sababli Apple muhandislari Xitoyga borib, yangi iPhone'lar dizaynini o‘z yakuniga yetkazishida kechikishlar yuz berdi.

Ko‘plab nashrlar va tahlilchilar 2020-yilgi iPhone'lar ishlab chiqarilishi boshlanishi kechikishini taxmin qilib kelmoqda. Ayni damdagi prognozlarga ko‘ra, bu yilgi taqdimot noyabr oyida bo‘ladi.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: g‘isht o‘rniga iPhone’lardan devor qurishdi! (+video)