iPhone’lar arzonlashadi – buni shaxsan Tim Kuk va’da qildi

  •   DiMaX
  •  2298
  •  30.01.2019 13:36

iPhone’lar arzonlashadi – buni shaxsan Tim Kuk va’da qildi

Apple o‘tgan yilda namoyish qilingan eng arzon smartfoni – iPhone XR modelini arzonlashtirayotgani haqida xabar bergan edik. Endi shu tendensiyaning dunyo bo‘ylab ko‘p mamlakatlarga yoyilishi kutilmoqda.

O‘QING: iPhone XR arzonlashadi, iPhone X yana ishlab chiqariladi!

Apple bosh direktori Tim bir qator mamlakatlarda iPhone narxlarini pasaytirishga va’da bergan. Bu haqda Reuters nashri xabar bermoqda.

Ayniqsa, mahalliy valyuta kursi AQSh dollariga nisbatan kuchli o‘zgargan mamlakatlarda ayfonlar ancha qimmat bo‘lib qolgan. Bu esa iPhone’larning xaridorgirligini pasaytirgan. Shuni inobatga olib, kupertinolik korporatsiya o‘z smartfonlarini arzonlashtirishga qaror qilgan. Biroq aynan qaysi davlatlarda, qaysi modeldagi ayfonlar va qachon arzonlashuvi hozircha aniq emas.

Hozirgacha bozorga chiqqan ayfonlarni esa 2 036 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi? Apple sobiq xodimi aniqlik kiritadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!