iPhone’lar qabristoni: eski smartfonlarni nima qilishadi (+video)?

  •   DiMaX
  •  2737
  •  09.03.2019 12:59

iPhone’lar qabristoni: eski smartfonlarni nima qilishadi (+video)?

Apple do‘konlariga foydalanuvchilar ko‘plab miqdorda avval ishlatilgan qurilmalar – smartfon, planshet va smart-soatlarni olib kelishadi. Ulardan ayrimlarini nuqsonli chiqqani uchun – kafolat doirasida almashtirib olish uchun keltirishsa, boshqalarini treyd-in dasturi doirasida – yangi modelni chegirma bilan xarid qilish uchun topshirishadi.

O‘QING: Har qanday iPhone’ning yangi yoki qayta tiklangan ekanini osongina aniqlaymiz!

Xaridorlardan qaytgan devayslarning taqdirida ikkita yo‘l turadi: ularni qayta tiklab, sotuvga chiqarishadi yoki qayta ishlashadi (qismlarga ajratib, yaroqlilarini olishadi, qolganlaridan kerakli metallarni ajratib olishadi).

Birinchi holatda smartfon va planshetlar maxsus kompaniyaga topshiriladi va u o‘sha gadjetni «yangidek qilib» qayta tiklab beradi. Masalan, AQSh, Hindiston va ayrim Yevropa mamlakatlarida bunday vazifalarni asosan Brightstar bajaradi. Qayta tiklangan qurilmalar yangisidan sal arzonroq narxda rasman sotuvga chiqariladi, lekin bu qalbaki emas, balki baribir original devays hisoblanadi.

O‘QING: Qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi? Apple sobiq xodimi aniqlik kiritadi

Agarda smartfonni tiklash imkoni bo‘lmasa, yoki o‘ta qimmatga tushadigan bo‘lsa, uni maxsus robot – Liam «qo‘liga topshirishadi». Uning nima qilishini esa quyidagi videoda ko‘ring:

Zamonaviy texnologik gadjetlarning ko‘pgina detallari, qismlari va materiallarini samarali tarzda qayta ishlash mumkin. Ulardan taxminan oltmishtacha muhim unsurlar ajratib olish mumkin – indiy, oltin, mis, kumush va tantal kabi. Bu ishning iqtisodiy jihatidan tashqari, ekologiyani himoyalashdagi ahamiyati ham katta. Chunki ularda ko‘p miqdorda og‘ir metallar mavjud – ular o‘n yillab atrofni zaharlab yotadi, batareyalar esa yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘QING: SIM kartalardagi oltinni ajratib olish mumkinmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!