iPhone SE uchinchi marta rasman sotuvga chiqdi – endi chegirma bilan!

  •   DiMaX
  •  2518
  •  01.02.2019 10:08

iPhone SE uchinchi marta rasman sotuvga chiqdi – endi chegirma bilan!

Kupertinolik korporatsiyaning eng xaridorgir smartfonlaridan biri iPhone SE bo‘lib, u allaqachon savdodan olingan, ishlab chiqarilishi ham to‘xtatilgan. Lekin yaqindagina Apple uni yana o‘z rasmiy sayti orqali sotuvga chiqargan va tezda tugab qolgan edi.

O‘QING: iPhone SE 2 butkul armonga aylandi, endi iPhone SE olishga ulgurib qoling!

Kecha – 31 yanvar kuni Apple ushbu smartfonini yana – uchinchi bora o‘z saytida sotuvga qo‘ydi. Bu gal barcha versiyalardagi va barcha ranglardagi iPhone SE qurilmalari, tag‘in chegirma bilan savdoga chiqarilgan!

Doimiy xotirasi 32 gigabaytlik iPhone SE uchun rasmiy saytda 250 dollar, 128 gigabaytligi uchun esa 300 dollar narx belgilangan. Savdoga qo‘yilgan partiyaning hajmi haqida Apple negadir hech bir ma’lumot bermayapti, ammo bu modelga hamisha talab bor. Kupertinolik texnogigant bu smartfonini nega yana sotuvga chiqarayotgani va nimaga aynan shunaqa antiqa usulda – bo‘lib-bo‘lib sotayotgani ham tushunarsiz.

Terabayt.uz internet-do‘konimizda esa kul rang korpusli iPhone SE modelini 2 553 000 so‘mga xarid qilish, pushti korpusdagisini esa 2 036 000 so‘mga sotib olish mumkin.

O‘QING: iPhone’lar arzonlashadi – buni shaxsan Tim Kuk va’da qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!