iPhone X’ni bir varaqqina qog‘oz yordamida o‘marishdi! (video)

  •   DiMaX
  •  1945
  •  07.08.2018 15:59

iPhone X’ni bir varaqqina qog‘oz yordamida o‘marishdi! (video)

Uyali aloqa telefonlari hamisha ham o‘g‘rilar uchun «sevimli o‘lja» bo‘lib kelgan. Xususan, qimmatbaho smartfon bo‘lsa, uni qo‘lga kiritish uchun jinoyatchilar turli usullarni o‘ylab topishlari turgan gap.

O‘QING: Pocket Sense – smartfonni o‘g‘irlashdan saqlovchi ishonchli ilova

Angliyaning Sautend shahridagi Angel Homes and Lettings ko‘chmas mulk agentligi xodimi ham o‘zining iPhone X’i qanday g‘oyib bo‘lganini payqamay qoldi. Uni o‘margan g‘araz niyatli kishini na xonadagi uch kishi, na kameralar to‘xtatib qola olgan.

Qisqasi, allaqanday notanish kishi qo‘lida bir varaq qog‘oz – xarita bilan agentlik ofisiga kirib kelgan va uni stolga yoyib, qayergadir yetib olish yo‘lini so‘ragan. Aslida esa uni aslo bu yo‘nalish emas, balki stol ustida yotgan iPhone X qiziqtirar edi. Shu bois ham u biryo‘la ayfonni ham xaritaga «yopishtirib» olib, chiqib ketgan.

O‘QING: Smartfon o‘g‘risi o‘g‘irlik joyida o‘z telefonini unutib qoldirdi

Mana, buni kameralarga muhrlangan videolavha orqali tomosha qilamiz:

Sautend shahridagilarning ta’kidlashlaricha, bu yagona holat emas – shunaqa «chaqirilmagan mehmon»lar ko‘zga ko‘rinarli joyda yotgan gadjetlarni o‘marish uchun turli ofislarga tez-tez kirib turishar ekan.

Bunaqa holatlar har yerda ham bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda, sizlarni hushyorlikka chaqirib qolamiz.

O‘QING: O‘g‘irlangan smartfonni topsa bo‘ladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!