iPod’ning zo‘ri Dubayda

  •   Saroy
  •  854
  •  25.06.2018 14:20

iPod’ning zo‘ri Dubayda

Dubayda (Birlashgan Arab amirligi) The Pad deb nomlanuvchi ko‘p qavatli bino qurilishi nihoyasiga yetmoqda.  Mazkur inshoot me’morlarini iPod qurilmasi ilhomlantirgan, chamasi, shu bois bino gigant ko‘rinishdagi Apple gadjetiga o‘xshaydi. .

Qurilish 2007 yilda boshlangan edi, biroq ikki yil o‘tib mablag‘ topilmagani bois qurilishni muzlatishga to‘g‘ri keldi. Mana endi uni nihoyasiga yetkazishga qaror qilindi. Nasib bo‘lsa, yilning oxirida uy sohiblari ko‘chib o‘ta boshlaydi, deydi loyiha vakillari.

Bino 26 qavatdan iborat bo‘lib, unda 256 xonadon bor ( kichik kvartiralardan tortib, uch xonali apartamentgacha).

O‘QING: Apple jarimaga tortildi

The Pad’ning  eng muhim jihati — bu uning noodatiy shaklidir. Bino 6,5 gradusga og‘ib turibdi. Atrofdan qaralsa, osmanupar bina yiqilib ketadigandek tuyuladi, ichkarida esa bu sezilmaydi. Biroq, yaxshilab qarasangiz, u aynan quvvatlantirgichga qo‘shib qo‘yilgan iPod’ning o‘zi, deysiz.

Bino eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, «aqqlli uy» standartiga to‘la mos keladi: foydalanuvchilarni tanib olish va ovoz bilan boshqarish qurilmalari, biometrik qulfli eshiklar, dasturlangan yoritish tizimi, qolaversa, uy sohibining sog‘ligini nazorat qilib turadigan texnika shular jumlasidandir.

O‘QING: Avtomobil kaliti o‘tmishda qoladi: endi smartfon bilan...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!