Ishlayotgan holdagi Galaxy S10’ni ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  1926
  •  19.12.2018 10:01

Ishlayotgan holdagi Galaxy S10’ni ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

Samsung kompaniyasining Galaxy S10 turkumidagi smartfonlari haqida turli ma’lumotlar tarqalgan, ammo uning uchta modelda chiqishi ma’lum. Shulardan bittasi hatto jamoat joyida, foydalanuvchining qo‘lida – ishlatilayotgan holda «qo‘lga tushgan».

O‘QING: «Jonli» surat: Galaxy S10 ekranidagi «tirqish» Galaxy A8s’nikidan kichkinaroq ekan!

Ushbu smartfonlardan «kichkina»sining ekranida old kamera uchun bitta «tirqish», standart flagmanda bitta yoki ikkita, «plyusli» versiyada esa ikkita «teshik» bo‘lishi aytilmoqda.

Taniqli insayder Ice Universe mazkur smartfonlardan birining «jonli» suratini o‘z Tvitter-akkaunti orqali e’lon qilgan.

Ice Universe buning aynan qaysi model – Galaxy S10 yoki S10 Plus ekanligiga oydinlik kiritmagan va bu rasmni qayerdan olganligini ham aytmagan. Negadir Tvitterda e’lon qilinganidan so‘ng ikki soat o‘tib, suratni o‘chirib tashlagan va buni ham izohlamagan.

Nima bo‘lganda ham, Galaxy S10 turkumining taqdimotiga bugun roppa-rosa bir oy vaqt qoldi – biz ularning sotuvga chiqish kunlariyu aniq narxlarigacha e’lon qilganmiz. Hozirgacha global bozorga taqdim etilgan ayrim Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 861 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: «To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!