Istalgan iPhone’da maxfiy – original smayliklar to‘plamini faollashtiramiz

  •   DiMaX
  •  1910
  •  06.08.2018 17:21

Istalgan iPhone’da maxfiy – original smayliklar to‘plamini faollashtiramiz

«Tishlangan olmali» smartfonlarda original matnli smayliklarning ulkan jamlanmasi mavjud. Ammo ayfon egalarining hammasi ham buni bilavermaydi.

O‘QING: Har qanday iPhone’ning yangi yoki qayta tiklangan ekanini osongina aniqlaymiz!

Turli vaziyatlar uchun qo‘l keluvchi bunday smayliklarni o‘z iPhone’ingizda quyidagi usulda faollashtirib olishingiz mumkin:

1-QADAM. Ayfondagi «Sozlamalar» menyusidagi «Asosiylari»ga, undan esa «Klaviatura» bandiga kirasiz («Nastroyki» → «Osnovnie» → «Klaviatura»).

2-QADAM. Shu yerdagi «Klaviaturalar» bo‘limidan «Yangi klaviaturalar»ga o‘tasi («Klaviaturi» → «Novie klaviaturi»).

3-QADAM. Ro‘yxatning eng pastida «Yaponcha» klaviaturani, keyin ochilgan sahifadan «Romadzi» klaviaturasini tanlaysiz, so‘ng esa «Tayyor»ni bosib, o‘zgarishlarni saqlaysiz («Yaponskaya» → «Romadzi» → «Gotovo»).

Tayyor – har bir iPhone’da yashirin tarzda mavjud bo‘lgan matnli smayliklarni faollashtirib oldingiz. Endi ulardan qanday foydalanishni ko‘rib chiqamiz.

4-QADAM. Matnli xabar yuboriladigan istalgan bir ilovani ochasiz, globus belgichasini bosish orqali yangi – «Romadzi» (nomi yapon belgilarida yozilgan) klaviaturasini tanlaysiz.

5-QADAM. Klaviaturaning raqamlar to‘plamini ochib, ^_^ belgisi tasvirlangan tugmachani bosasiz.

6-QADAM. Klaviaturaning tepasida ochilgan qatorning o‘ng chekkasidagi – yuqoriga ochishni anglatuvchi tugmachani bosasiz. Shunda original matnli smayliklarning to‘liq ro‘yxati ochiladi.

Ana, endi shu kabi smayliklar bilan yaqinlaringizni hayratga solishingiz mumkin!

O‘QING: iPhone’da kontaktga alohida rington o‘rnatishning eng oson usuli

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.