IT-yo‘nalishlar bo‘yicha bepul videodarslarga marhamat!

  •   DiMaX
  •  4671
  •  15.04.2020 09:01

IT-yo‘nalishlar bo‘yicha bepul videodarslarga marhamat!

Respublikamizda barpo etilgan IT-markazlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri — yoshlar va aholining kompyuter savodxonligini oshirish, ularga zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rgatishdir. Ular bu borada bir qator ishlarni amalga oshirishmoqda, deb yozadi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

O‘QING: Karantin paytida qiziqarli va bepul onlayn ta’lim oling!

Shunga ko‘ra va koronavirus tufayli karantin sharoitida IT-markazlarining jamoalari eng dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha videodarslarni ishlab chiqish hamda tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yishdi. Bugungi kunga qadar IT-markazlarda respublika miqyosida 5 mingdan ortiq tinglovchilar o‘qishni muvaffaqiyatli ravishda tamomlashdi.

Hozirgi vaqtda quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha videodarslar tayyorlangan:

  1. Adobe Photoshop (7 ta dars o‘zbek tilida, 6 ta dars qoraqalpoq tilida);
  2. HTMLʼga kirish (3 ta dars o‘zbek tilida)
  3. HTMLʼda veb-ilovalar (9 ta dars o‘zbek tilida)

Shuningdek, yaqin orada quyidagi IT-yo‘nalishlari bo‘yicha videodarslar tayyorlanadi va yuklanadi:

  1. MSOffice
  2. SCRATCH
  3. HTML/CSS
  4. Elektron pochtadan foydalanish
  5. Robototexnikalardan foydalanish
  6. Android-ilova ishlab chiqish
  7. Telegram messenjerida ommaviy kanal ochish va yuritish
  8. Antivirus dasturlari
  9. Java
  10. Unity 3D va boshqalar!

Siz ham o‘qishga qatnashing, bilim oling va yangi mutaxassisliklarni o‘zlashtiring!

Videodarslarni ko‘rish uchun havolalar:

https://utube.uz/ru/users/7717

https://mover.uz/channel/it-center/

Eslatib o‘tamiz: bu ikkita videoxosting ham TAS-IX hududiga kirgani boisdan O‘zbekistondagi deyarli barcha internet-provayderlar abonentlari uchun ulardan foydalanishda trafik hisoblanmaydi. Uyali aloqa operatorlaridan ayrimlari o‘z abonentlari uchun utube.uz saytidan foydalanishni ham bepul qilishgan (TO‘LIQ RO‘YXAT).

O‘QING: Mover.uz'dan videolarni yuklab olishning oson usuli!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!