Jahonning eng kuchli smartfonlari, ularning narxi (2018 yil, avgust)

Jahonning eng kuchli smartfonlari, ularning narxi (2018 yil, avgust)

Antutu benchmarki har oyda jahonning eng kuchli Android smartfonlari joy olgan ro‘yxatni yangilab bormoqda. Kompaniya mazkur ro‘yxatni shakllantirishda foydalanuvchilar tomonidan resursda amalga oshirilgan testlarga, shuningdek ekspertlar tomonidan o‘tkaziladigan tajriba jarayonlariga tayanadi.

Ta’kidlsha joizki, Antutu mutaxassislari barcha modeldagi smartfonlarni bir xil joy hamda sharoitda sinovdan o‘tkazadilar. Bu natijalarga ishonish mumkin. Shunday qilib, yangi ro‘yxatda Android smartfonlar orasida yaqingacha ham jahonning eng kuchli platformaga ega smartfoni bo‘lgan Xiaomi Black Shark o‘rnini bu gal ham saqlab qolgan.

Black Shark ekrani diagonali olti dyuymga teng, tasvir aniqligi esa Full HD+. Displeydagi kadr sekundiga 120 gers kadr yangilanish chastotasiga ega. Black Shark texnik xususiyatlari: 8 yadroli ilg‘or Snapdragon 845 protsessori Adreno 630 grafik chipi, 6 va 8 gigabayt tezkor xotira, tok sig‘imi 4000 mA/soat va tezkor quvvat oluvchi akkumulyator,

Narxi - 480 AQSh dollari.

Ikkinchi o‘rinda esa joriy yilda taqdim qilingan OPPO Find X flagmani egallab turibdi. 6,4 dyuymli AMOLED matritsa va Full HD+ sig‘imli ekran old panelning 93 foizini egallab olgani bilan o‘ziga xos. Smartfon dinamigi va kamerasi tomdagi harakatlanuvchi blokka joylashtirilgan. Yuqori samaradorlik Qualcomm Snapdragon 845 chipi bilan bog‘liq.

Narxi - 700 AQSh dollari.

O‘qing: OPPO Find X Parijda taqdim qilindi.

Uchinchi o‘rinda ham yana bir romsiz dizayndagi yaxshi devays - Vivo Nex turibdi. Vivo NEX smartfoni 6,59 dyuymli, Super AMOLED matritsali ekran bilan ta’minlangan. Uning piksellar sig‘imi 2316 ga 1080 ta belgini tashkil qiladi (FHD+). Devaysga 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 protsessori o‘rnatilgan.

Narxi - 800 AQSh dollari.

To‘rtinchi o‘rinda One Plus 6 turibdi. Bir dalilni aytib ketish kerak. Xitoyning "BBK" giganti Oppo, Vivo hamda One Plus brendlarining egasi hisoblanadi. Smartfon ekrani 6.28 dyuymli, 1080x2280 piksel sig‘imli, ekran matritsasi Super AMOLED. Devays Snapdragon 845 protsessori, 6/64 Gb yoki 8/128/256 Gb tezkor va doimiy xotira bilan ta’minlangan.

Narxi - 500 AQSh dollari.

Beshinchi o‘rinda Smartisan R1 modelini ko‘ramiz. Bu modelning doimiy ichki xotirasi 1 TB (bir terabayt). Yuqori talqinidagi tezkor xotira 8 gigabaytgacha, quyi talqinda 6 gigabaytgacha yetadi. Smartisan R1 smartfoni korpusi shisha panel hamda alyuminiy romdan ishlangan. Devaysga 6,17 dyuymli, Full HD+ (2240 x 1080 pikselli) sig‘imli hamda tomonlari nisbati 18,7:9 o‘lchamli ekran tanlangan.

Narxi - 550 AQSh dollaridan.


Xiaomi Mi 8 flagmani esa oltinchi o‘rinni band qilgan.

O‘qing: Xiaomi Mi 8 -- iPhone X yarim narxida!

Narxi - 500 AQSh dollaridan.


Yettinchi o‘rin Mi Mix 2S modeliga nasib qilgan.

Narxi - 520 AQSh dollaridan.

Bulardan keyin navbat koreyalik devayslarga yetib kelgan: Galaxy S9+ hamda Galaxy S9 modellari.

Kuchli o‘nlikni smartfon yaxponiyalik ishlab chiqaruvchi bo‘lmish Sony kompaniyasining Xperia XZ 2 modeli yakunlagan.

Xitoyda smartfon sanoati tobora jadal rivoj topayotganini yuqoridagi reytingdagi brendlarning yetakchilari asosan shu mamlakatdan ekani bilan ham izohlash mumkin.

Antutu nima?
Antutu - gadjetlarning platforma samaradorligini tekshiruvdan o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus xalqaro dastur. Unda aksariyat holatlarda smartfon hamda planshet foydalanuvchilari devayslarining ishlash samaradorligini aniqlaydilar. Pekinda faoliyat olib boruvchi kompaniya jahon miqyosida ommalashgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!