Jinquvar haqidagi jangovar o‘yinni bepul o‘ynash uchun olib qo‘yishga ulguring!

  •   DiMaX
  •  677
  •  13.11.2020 16:28

Jinquvar haqidagi jangovar o‘yinni bepul o‘ynash uchun olib qo‘yishga ulguring!

Haftaning yakuni yaqinlashib, Epic Games Store servisi yana bitta o‘yinni vaqtincha bepul yuklab olish imkonini bermoqda. Bu – The Textorcist: The Story of Ray Bibbia nomli jangovar ekshen o‘yindir.

O‘QING: PUBG Mobile o‘yiniga Metro Exodus uslubidagi yangi xarita va rejim qo‘shilyapti! (+video)

The Textorcist: The Story of Ray Bibbia o‘yini ekzorsist (jinlarni haydaydigan mutaxassis) sarguzashtlariga bag‘ishlangan. U iblislarning g‘alayonini bostirishga va o‘z o‘tmishining qorong‘u sirlarini ochishga harakat qiladi. Bu o‘yinda dushmanlarga klaviaturada teriladigan duolar otish orqali jang qilishadi.

2019 yilning fevralida taqdim etilgan bu o‘yin matbuot tomonidan iliq kutib olingan: Metacritic portalida uning reytingi 100 balldan 78 ballga teng. Geymerlarga ham bu ekshen ma’qul kelgan – unga 10 balldan 6 ball berishgan.

The Textorcist: The Story of Ray Bibbia o‘yinini ko‘chirib olish uchun Epic Games Store saytidagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tib, «Poluchit» tugmachasini bosasiz. Uning bepul tarqatilishi 19 noyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 gacha davom etadi. Shungacha olib qo‘ysangiz, keyin istagan paytda bepul o‘ynayverasiz.

O‘QING: Ekspertlar: «Ushbu 21 ta ommabop o‘yinni smartfondan tezda o‘chirib qutuling!»

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!