«Jonli» surat Galaxy M30s smartfonining boshqacha dizaynini fosh etdi!

  •   DiMaX
  •  1327
  •  08.07.2019 17:05

«Jonli» surat Galaxy M30s smartfonining boshqacha dizaynini fosh etdi!

Samsung kompaniyasi shu yilning fevral oyida Galaxy M30 smartfonini taqdim etgandi. Endi avgust oyidayoq uning yaxshilangan versiyasi – Galaxy M30s namoyishi bo‘lib o‘tishi kerak.

O‘QING: Eng «beli baquvvat» va arzon Samsung smartfonining yaxshilangan versiyasi – Galaxy M30s chiqyapti

Shu kunlarda internet kengliklariga Galaxy M30s orqa panelining «jonli» rasmi chiqdi. Unga qaraganda, mazkur modelning bosh kamera blogi o‘zgacharoq bo‘lib, orqa qopqog‘ining o‘rta qismida daktiloskop joylashadi.

Aytish kerakki, mazkur model original Galaxy M30 devaysiga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Jumladan, Samsung unga ham Galaxy A50 (sotib olish) gadjetida qo‘llangan Exynos 9610 protsessorini o‘rnatishi aytilayotir.

O‘QING: Samsung butunlay o‘zgacha smartfon ustida ishlamoqda

Shuningdek, quyidagi suratlarga tayangan holda ishonch bilan aytish mumkinki, Samsung Galaxy M30s smartfonida zamonaviy USB-C porti ham, quloqchinlar uchun standart audiotirqish ham bo‘ladi.

Yana bir muhim jihati – Galaxy M30s modelida xotira kartasi uchun alohida, ikkita SIM-karta uchun alohida bo‘lmacha mavjud. Biroq ushbu qurilmaning namoyish sanasi hozircha aniq emas.

Shu kungacha savdoga chiqqan ayrim Samsung smartfonlarini esa atigi 1 150 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Samsung haqida siz bilgan va bilmagan faktlar!