«Jonli» surat: Galaxy S10 ekranidagi «tirqish» Galaxy A8s’nikidan kichkinaroq ekan!

  •   DiMaX
  •  1501
  •  17.12.2018 10:00

«Jonli» surat: Galaxy S10 ekranidagi «tirqish» Galaxy A8s’nikidan kichkinaroq ekan!

Samsung kompaniyasi 10 dekabr kuni o‘zining «teshik» ekranli ilk smartfoni – Galaxy A8s modelini taqdim etgandi. Ayni shunday texnologiya uning navbatdagi flagmaniga ham joriy etilayotganini «jonli» rasmda ham ko‘rgandik.

O‘QING: «Jonli» Galaxy S10 jamoat joyida «qo‘lga tushdi»!

Aytish kerakki, Galaxy A8s displeyidagi «teshik» diametri 6,7 millimetrga teng. Galaxy S10 modelida esa bu ko‘rsatkich 2–3 millimetrga kichkinaroq bo‘lishi haqida avvalgi xabarlarimizda ham yozgandik.

Endi esa taniqli insayder Ice universe buning isbotini ham ko‘rsatdi. Ya’ni, u mazkur flagman ekrani uchun tayyorlangan himoya shishasining «jonli» suratini e’lon qildi:

Janubiy koreyalik texnogigant Galaxy S10 turkumidagi smartfonlarini taqdim etish va bozorga chiqarish vaqtlarini, hatto aniq narxlarigacha e’lon qilganmiz. Hozirgacha bozorga chiqqan Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 861 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: «To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!